Amon

From Wikipedia, the free encyclopedia

Remove ads

Amon (yoki Amun) – qadimgi misrliklarning bosh ilohi, firʻavnlar homiysi. U dastlab Fiva maʼbudi boʻlgan, bu shahar poytaxtga aylanganidan soʻng uning mavqei ortgan. Amon „koʻrinmas「, „yashirin「 degan maʼnolarni anglatib, ikki baland, uzun patli toj kiygan inson sifatida tasvirlangan. Misrliklar u havoda esadi, Amon va ona-qirolicha nikohidan firʻavnlar dunyoga keladi, deb ishonganlar. Amon keyinchalik Ra ilohiga tenglashtirilgan va Amon-Ra deb atalgan. Kohinlar Fivada Ramzes II ni toj kiydirish marosimida Amon nomidan quyidagi qutlovni xalqqa oʻqib berganlar: „Bu mening naslimdan boʻlgan haqiqiy oʻgʻlim, taxtimdagi himoyachim, Misr hukmdori「. Ramzes II bu kultdan unumli foydalanib, „Otasi「ning Karnak ibodatxonasida oʻzidan avval oʻtgan firʻavnlarni tahqirlab, nomlarini oʻchirtiradi va oʻzini Amonning tanlangan, magʻlubiyat koʻrmaydigan qahramon sifatida yozdirdi. Kohinlar uni doim Amon nomidan qoʻllab-quvvatlab turishgan. Firʻavn Exnaton davrida Bosh iloh sifatida quyosh maʼbudi Aton (Atum) belgilangan, Amonga sigʻinish taʼqiqlangan. Biroq Exnaton vafotidan soʻng misrliklarning bosh xudosi – Amon ilohi tiklangan[1].

Thumb
Remove ads

Manbalar

Adabiyotlar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads