Andrea Anders
amerikalik aktrisa From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Andrea Anders (1975-yil 10-mayda tugʻilgan) — NBC telekanalidagi Joey sitkomida Alex Garrett, CBS telekanalidagi The Class sitcomidagi Nicole Allen va ABCdagi Better Off Ted sitcomidagi Linda Zwordling rollari bilan tanilgan amerikalik aktrisa.
Remove ads
Yoshligi
Anders Wiskonsin shtatining Madison shahrida tugʻilgan; U Wiskonsin shtatining DeForest shahrida oʻsgan va hozir Los Angelesda yashaydi[1]. U 1993-yilda mazkur shtatning DeForest shahridagi DeForest hududi oʻrta maktabini tamomlagan. 1997-yilda Wiskonsin-Stevens Point universitetida tasviriy sanʼat boʻyicha bakalavr darajasiga erishadi[1]. 2001-yilda u Rutgers universitetida tasviriy sanʼat magistri darajasini oladi[1].
Uning akasi rejissor Sean Andersdir.
Remove ads
Faoliyati
Teatrda
2001-yilda Anders oʻz faoliyatini teatrda boshlaydi. U Broadwaydagi Proof pyessasida Mary-Louise Parkerning yordamchisi boʻlgan va keyinchalik The Graduate pyessasida Elaine Robinson rolini oʻynagan. U, shuningdek, Arena Stage On the Jump pyessasida, Guthrie teatrida Doors va ikki marta New York sahnalarida: Cold/Tender va New World Rhapsody pyessalarida paydo boʻlgan[2].
2007-yil may oyida Anders Geffen Playhouseda Fat Pig spektaklini boshlaydi. U hisobchi Jeannie rolini oʻynaydi. Fat Pig 2007-yil 1-iyulda yopiladi[3].
Televizion va kinoda
Andersning televideniedagi birinchi chiqishlaridan biri Dannon uchun 1990-yillarda, keyin esa 2006-yilda chiqqan reklama roligi boʻlgan.
U, shuningdek, oʻsmir Emily Hoyt sifatida „Law And Order“ning „The Fire This Time“ (2001) epizodida paydo boʻlgan.
Anders advokat Alex Garrett rolida Joey serialida va sobiq futbolchining rafiqasi Nicole Allen rolida The Class TV seriali situatsion komediyasida ishi bilan ajralib turadi. U Joey va The Class seriallarining barcha epizodlarida paydo boʻlgan. Ikkala serial ham qisqa vaqt ichida bekor qilinadi.
Anders shuningdek, One Life to Live, Law & Order, Guiding Light va Tru Calling dasturlarida mehmon sifatida ishtirok etgan. U 2003-yilda HBO telekanalidagi Oz dramasining beshta epizodida Donna Degenhart rolida ishtirok etgan va 2004-yilda Heather rolini Stepford Wives serialida oʻynagan. Anders 2008-yilda Numb3rs TV serialida paydo boʻlgan.
Anders ikkita muvaffaqiyatsiz pilotlar Spellbound va News To Meda paydo boʻladi[4]. 2009—2010-yillarda Anders ABC uchun Viktor Fresco tomonidan yozilgan bir kamerali ish joyidagi satirik komediya boʻlgan Better Off Ted filmida paydo boʻladi[5].
2011-yilda Anders ijodkor Metthew Perry bilan birga „Mr.Sunshine“ teleserialida rol oʻynaydi. ABC komediyani 2010—11-yilgi televizion mavsum uchun oʻrta mavsum oʻrnini bosuvchi sifatida oladi[6][7]. 2011-yil may oyida ABC ushbu serialni bekor qiladi.
Remove ads
Filmografiyasi
Manbalar
Havolalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads