Angelina Jolie
From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Angelina Jolie[2] (talaffuzi: Anjelina Joli; tugʻilgan paytidagi ismi Angelina Jolie Voight (talaffuzi: Anjelina Joli Voyt); 4-iyun 1975-yilda tugʻilgan; keyinchalik, Angelina Jolie Pitt (talaffuzi: Anjelina Joli Pitt))[3] amerikalik aktrisa, rejissor, film produser va ssenariynavisdir. U koʻplab yutuqlarga, jumladan bir marta Oscar va uch marta Oltin globusga sazovor boʻlgan. Jolie Hollywoodning eng yuqori haq toʻlanadigan aktrisalaridan biridir.




Jolie aktrisa sifatida ilk marotaba otasi Jon Voight bilan birga in Lookinʼ to Get Out (1982) komedik filmida suratga tushgan. Bu filmdan oʻn yil oʻtib, Cyborg 2 (1993) filmida bosh rollardan birini ijro etdi. Keyin, Hackers (1995) filmida suratga tushdi. Uning George Wallace (1997) va Gia (1998) filmlaridagi roli tanqidchilar tomonidan ijobiy baholandi. 1999-yilda Girl, Interrupted dramasidagi roli ortidan „Eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa“ nominatsiyasida Oscarni oldi. Joliening Lara Croft: Tomb Raider (2001) filmida jonlantirgan videooʻyin qahramoni boʻlmish Lara Croft roli uni Hollywood aktrisasi sifatida tanilishida muhim ahamiyat kasb etdi. U jangari janridagi filmlarda rol oʻynashni davom ettirib, Janob Smith & Smith xonim (2005), Wanted (2008), Salt (2010) va The Tourist (2010) filmlarida suratga tushdi. A Mighty Heart (2007) va Changeling (2008) filmlaridagi roli tanqidchilar tomonidan xush qarshilanib, filmlardan ikkinchisi unga „Eng yaxshi aktrisa“ nominatsiyasida Oscarni olib keldi. Uning eng tijoriy muvaffaqiyat qozongan roli Maleficent (2014) filmi boʻldi. U oʻzini ovoz aktrisasi sifatida ham sinab koʻrdi, jumladan Kung Fu Panda (2008-hozirgacha) animatsion filmlar seriyasida Yoʻlbarsoy personajiga ovoz berdi. Jolie, shuningdek, bir nechta filmlarga rejissorlik va ssenariynavislik ham qildi, ular qatoriga In the Land of Blood and Honey (2011), Unbroken (2014) va First They Killed My Father (2017) ni kiritish mumkin.
Remove ads
Dastlabki hayoti
Angelina Jolie Voight 1975-yilning 4-iyunida Kaliforniya shtatining Los Angeles shahrida dunyoga kelgan, otasi — Jon Voight, onasi — Marcheline Bertrand.[4][5] U aktyor James Havenning singlisi, shuningdek, qoʻshiqchi-qoʻshiqnavis Chip Taylor[6] va geolog Barry Voightning jiyanidir.[7] Uning choʻqintirgan ota-onasi — Jacqueline Bisset va Maximilian Schell.[8] Otasi tarafdan, Jolie olmon va slovak ajdodlarga,[9][10] onasi tarafdan esa fransuz-kanadalik, niderland va olmon ajdodlarga mansubdir.[9]
1976-yilda ota-onasi ajrashgandan so'ng, u va uning akasi onasi bilan birga yashadi, u o'z farzandlarini tarbiyalashga e'tibor qaratish uchun aktyorlik ambitsiyalaridan voz kechgan. Jolining onasi uni katolik sifatida tarbiyalagan, lekin undan cherkovga borishni talab qilmagan. Bolaligida u onasi bilan tez-tez filmlarni tomosha qilar edi va otasining muvaffaqiyatli karerasi emas, balki aynan shu narsa uning aktyorlikka qiziqishini ilhomlantirdi, shuningdek u yetti yoshda Voightning Lookin' to Get Out (1982) filmida biroz rol o'ynagan. Joli olti yoshga to'lganda, Bertran va uning turmush o'rtog'i, rejissyor Bill Day oilani Nyu-Yorkdagi Palisadesga ko'chirishdi; ular besh yildan so'ng Los-Anjelesga qaytib kelishdi. Shundan so'ng Joli aktyorlik qilishni boshlashga qaror qildi va Li Strasberg teatr institutiga o'qishga kirdi, u yerda ikki yil tahsil oldi va bir nechta sahna asarlarida ishtirok etdi.
Joli dastlab Beverli-Xillz o'rta maktabida o'qigan, u yerda o'zini mintaqadagi ba'zi badavlat oilalarning farzandlari orasida yolg'iz his qilgan, chunki onasi kam daromadga ega edi. Uni boshqa talabalar masxara qilishdi, ular uni juda ozg'inligi va ko'zoynak va braket taqib yurgani uchun unio'zlarini safiga qo'shishmasdi. Uning onasining talabiga binoan modellashtirishga bo'lgan dastlabki urinishlari muvaffaqiyatsiz tugadi. U Moreno o'rta maktabiga, muqobil maktabga ko'chib o'tdi va u yerda "pank autsayder" bo'lib qoldi, qora kiyim kiyib, ko'chaga chiqdi va usha vaqtdagi yigiti bilan pichoq o'yini o'ynadi. U aktyorlik saboqlarini tashlab, dafn marosimi direktori bo'lishni orzu qilgan, uyda balzamlash bo'yicha kurslarda qatnashgan. 16 yoshida, munosabatlar tugaganidan so'ng, Joli o'rta maktabni tugatdi va teatr faniga qaytishdan oldin o'zi uchun kvartira ijaraga oldi,so'ngra 2004-yilda u bu davr haqida shunday deydi: "Men hali ham qalbimdaman, -va har doim shunday bo'ladi - shunchaki tatuirovkali bola"[11][12].
Remove ads
Faoliyati
Angelina Lee Starsberg Teatr maktabini bitirigandan soʻng, London, New York va Los Angelesda professional modellik qildi.
Shaxsiy hayoti
Jolie aktyor Brad Pitt bilan birgalikda turmush qurishni rejalashtirishyapti. Angelina 2-marta turmush qurib ajrashdi. Bu 2 turmushi 3 yildan iborat boʻldi. 1996-1999-yillarida Johnny Lee Miller bilan, 2000-2003-yillar orasida esa Billy Bob Thornton bilan turmush qurgan edi. Keyinchalik, 2004-yil Janob Smith & Smith xonim filmida aktyor Brad Pitt bilan tanishdi, 2006-yilda esa Shiloh Nouvel Jolie Pittni dunyoga keltirdi. Shiloh, Brad va Angelinaning oʻz qizlari. Hozirda Angelina va Brad Shiloh va asrab olgan farzandlari Maddox, Zahara va Pax bilan bir butun oila kabi yashashmoqda. Yaqindagina Jolie reportajlarning birida 14 farzandi boʻlishini xohlagani va Brad Pitt bilan juda baxtli ekanligi haqida gapirishdi. Hozirda juftlik ajrashish yoqasida.
Filmografiyasi
Film
Televideniye
Videooʻyinlar
Musiqiy videolar
Remove ads
Mukofot va nomzodliklari
Remove ads
Qiziqarli maʼlumotlar
- Vujudida 12 ta tatusi boʻlgan Joliening, qoʻlida tarjimasi Vahshiy yurakli boʻlishiga qaramay qafaslarga tushganlar uchun bir duo… degan bir tatusi mavjuddir.
- Aktrisa Shiloh Nouveldan tashqari 3 ta farzandini asrab olgan. Maddox’ni Kambodjadan, Zahara Marleyni Efiopiyadan va Paxni esa Vyetnamdan.
- 2005-yilning avgust oyida Kambodja davlatiga bergan yordamlarini qarshiligida Kambodja Prezidentidan Kambodja fuqaroligini qozongan.
- Girl Interrupted filmida Eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa Oscar mukofotini oldi.
Remove ads
Manbalar
Havolalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads