Anne Archer
amerikalik aktrisa From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Anne Archer (1947-yil 24-avgustda tugʻilgan) — amerikalik aktrisa. Archer 1971-yilda 「Miss Golden Globe」 unvoniga sazovor boʻladi[1]. Keyingi yili oʻzining The Honkers (1972) badiiy filmida suratga tushadi. U Cancel My Reservation (1972), The All-American Boy (1973), Trackdown (1976), Good Guys Wear Black (1978), Paradise Alley (1978) va Hero at Large (1980) kabi filmlarida ham suratga tushgan.
2000-yillardan beri Archer vaqti-vaqti bilan aktrisalik bilan shugʻullanib turadi. U „Lullaby「 (2014) filmida suratga tushgan hamda 2001-yilda "The Graduate " filmining West End teatrida Robinson xonim sifatida sahnalardagi ilk debyutini amalga oshiradi. U 2014-yilgi Edinburg festivalida „The Trial of Jane Fonda「 filmida taniqli aktrisa rolini oʻynagan va Boston Public (2003), Itʼs Always Sunny in Filadelfia (2006) va Ghost Whisperer (2006—2008) kabi telekoʻrsatuvlarda takroriy rollarni ijro etgan.
Remove ads
Yoshligi
Archer Kaliforniyaning Los Angeles shahrida aktyorlar John Archer va Marjorie Lordning qizi boʻlib tugʻilgan[2]. U 1968-yilda Californianing Klermont shahridagi Pitzer kollejini tamomlagan[3].
1982 va 1986-yillar orasida u Scientology cherkovi homiylik qiladigan savodxonlik oʻrgatish tashkiloti „Applied Scholastics「ning matbuot kotibi boʻlgan[4][5]. Uning oʻgʻli Tommy Los Angelesdagi Scientology cherkovining Xalqaro mashhur markazi rahbari boʻlgan[6][7]. 1991-yilda Archer "The Choices We Made: Twenty-Five Women and Men Speak Out About Abortion" kitobida oʻzining aborti haqida ochiqchasiga gapirib oʻtadi[8].
Remove ads
Karyerasi
1980-yillarning boshlarida Archer bir nechta kichik filmlarda va televidenie uchun tayyorlangan koʻrsatuvlarda paydo boʻladi. 1983-yilda u NBC telekanalining qisqa muddatli "The Family Tree" serialida bosh rolni ijro etib, uch farzandi bilan ajrashgan ayol rolini gavdalantiradi[9]. 1985-yilda u bir yil davomida manipulyativ ishbilarmon ayol Cassandra Wilder rolini CBS suratga olgan praym-taym serial „Falcon Crest「da ijro etadi. 1987-yilda u Michael Douglas va Glenn Close bilan birga „Fatal Attraction「 psixologik triller filmida rol ijro etadi. Film kassabop film deya eʼtirof etiladi va katta muvaffaqiyatga erishadi. Archer ushbu film ortidan BAFTA, Oltin globus va Akademiya mukofotlarida „Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa「 nominatsiyada ishtirok etgan[10].
2000-yilda Archer „Rules of Engagement「 va The Art of War janridagi jangovar filmda rol ijro etadi. Uning boshqa taniqli filmlari orasida Tommy Lee Jones Man of the House (2005), Ghosts of Girlfriends Past (2009) va „Lullaby「 (2014) kabilar ham mavjud. 2001-yilda Archer xonim Robinson rolini West End tomonidan tayyorlangan „The Graduate「 filmining spektaklida, Gielgude teatrida gavdalantiradi.
2014 va 2016-yillarda u Edinburgdagi Fringe festivalida The Trial of Jane Fonda spektaklining asosiy qismida Jane Fonda rolini gavdalantiradi[11][12]. Shuningdek, 2000-yillarda u Boston Public, Itʼs Always Sunny in Filadelfia va Ghost Whisperer kabi bir nechta telekoʻrsatuvlarda takroriy rollarni ijro etgan. 2008-yildan 2009-yilgacha u qisqa muddatli CW komediya-dramasi Privilegedda rol oʻynaydi[13][14].
Remove ads
.Filmografiyasi
Filmlarda
Televizion filmlarda
Televizion seriallardagi rollari
Remove ads
Manbalar
Havolalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads