Aquaman (film)
From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Aquaman (talaffuzi: Akvamen) 2018-yilda ekranlarga chiqqan, DC Comics nashriyotidagi Aquaman qahramoniga asoslangan superqahramonlar haqidagi film boʻlib, Warner Bros. Pictures tarafidan tarqatilgan. Kartina DC Kengaytirilgan Koinotining (DCKK) oltinchi toʻliq hajmli filmi hisoblanadi. Film rejissori James Wan boʻlib, bosh rollarni Jason Momoa, Amber Heard, Patrick Wilson, Dolph Lundgren va Nicole Kidman kabi film yulduzlari jonlantirishgan.
Aquaman filmi premyerasi Empire, Leicester maydonida 26-noyabr 2018-yilda, Amerika Qoʻshma Shtatlarida 21-dekabr 2018-yilda va Oʻzbekistonda 27-dekabr 2018-yilda boʻlib oʻtdi va film teatrlarda RealD 3D, Dolby Cinema va IMAX 3D formatlarida namoyish qilindi. Film mablagʻi $160–200 millionni tashkil etib, kartina dunyo boʻylab $1.147 milliard daromad koʻrishga muvaffaq boʻldi va 2018-yilning beshinchi eng yuqori daromadli filmi, dunyo miqyosida esa 20chi eng yuqori daromadli film boʻldi.
Remove ads
Syujeti
Arthur Curry / Aquaman — Atlanna ismli ayolning oʻgʻli va dengiz chirogʻidagi ishchi. U yoshligida allaqachon ajoyib kuch va tezlik, suv ostida nafas olish va baliq bilan aloqa qilish qobiliyati bor ekanligini sezgan edi. Oʻlimi oldidan Atlanna oʻgʻlini surgunlikdagi Atlantis malikasi ekanligini aytgan va erta yoki kech, albatta, Arthurning yetti dengizni boshqarishini vaʼda qilgan. Otasi unga kerakli maʼlumotni berdi va unga Aquaman boʻlishiga imkon beradi. U oʻgay ukasi Orm Marius bilan jang qiladi va dastlab unga yengiladi. Orm dengizda katta qoʻshin toʻplab, quruqlikni yoʻq qilish niyatida edi. Keyinchalik Arthur oltin nayzani qoʻlga kiritadi va oʻgay ukasining quruqlikni yakson qilish gʻoyasini puchga chiqaradi.
Remove ads
Rollarda
- Jason Momoa roli Arthur Curry / Aquaman
- Amber Heard roli Mera
- Patrick Wilson roli Orm Marius / Ocean Master
- Willem Dafoe roli Nuidis Vulko
- Yahya Abdul-Mateen II roli David Hyde / Qora Manta
- Temuera Morrison roli Thomas Curry
- Dolph Lundgren roli Nereus
- Nicole Kidman roli Atlanna
- Ludi Lin roli Murk
- Michael Beach roli Jesse Kane
Manbalar
Havolalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads