Avaz Oxun
badiiy soʻz ustasi, qiziqchi From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Avaz Oxun (27-aprel, 1983-yil, Asaka, Andijon, O'zbekiston SSR) — badiiy soʻz ustasi, qiziqchi, "Shuhrat" medali sohibi.
Remove ads
Biografiyasi
Avaz Oxun (Avazbek Anvarbekovich Azizoxunov) 1983-yil 27-aprelda Andijon viloyati, Asaka tumanida tavvalud topgan. Oilada 4 farzandning birinchisi. 2002-yil Andijonda maktabni tamomlaydi, 2006-yilda esa Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutini bitirgan. Birinchi ustozi Muhammad Aziz Hasanov (qiziqchi) maktabdanoq sahnaga yetaklagan. 2009-yilda Xurshida Azizoxunova bilan oila qurgan.[1] 4 farzandning otasi. Ustozi Hojiboy Tojiboyevning yoʻlidan yurib koʻpchilikning hurmatiga sazovor boʻlgan. Avazbek Avaz Oxun taxallusi bilan shuhrat qozongan va hozir ham shu nom ostida ijod qiladi.
Remove ads
Faoliyati
Maktab davridayoq kichik sahnalarda va tadbirlarda faol qatnashadi. Sanʼatga 2003-yilda qadam qoʻyib, oʻzining kichik konsertlarini xalqqa taqdim qiladi. Avaz Oxun barcha hazillarini oʻz hayotidan kelib chiqib yozadi. Oʻzining yakkaxon konsertini taqdim etishdan oldin „Kulduring“, „Kulgu“ kabi koʻrsatuvlarda oʻz hazillari bilan qatnashib kelgan. Dastlab qiziqchi Valijon Shamshiyev bilan konsert qoʻyishadi, soʻngra Mirzo teatriga taklif etiladi. Teatrda 3 yil davomida faoliyat yuritib, 2014-yilda oʻzining ilk yakkaxon konsertini Turkiston sanʼat saroyida namoyish qiladi.[2]
Remove ads
Konsertlari
2014-yil „Yangisini eshitdingizmi?“
2015-yil „Oʻzimizning gaplar“
2016-yil „Samimiy kulgu“
2017-yil „7dan 70gacha“
2018-yil „Yangisi yangi-da“
2019-yil „Oʻzbekcha kulgu“
2020-yil ZoʻrTV kanalida harbiylar uchun konsert[3]
2021-yil „Kulgularingizni sogʻindim“[4]
2022-yil "Kulgu terapiya"
2023-yil "10 yillik yubiley"
2024-yil "To'ydagi tomosha"
Shuningdek ijodkor Rossiya Federatsiyasining bir qancha hududlarida, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Tojikiston va Janubiy Koreyada ham yakkaxon konsert dasturlarini taqdim etgan.[5]
Mukofotlari
2020-yil „Shuhrat“ medali sohibi boʻlgan.[6]
Manbalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads