Avliyo

From Wikipedia, the free encyclopedia

Avliyo
Remove ads

Avliyo (arabcha: أَوْلِيَاء), birlik shakli valiy (arabcha: وَلِيّ — «muqaddas»[1]) — tasavvufda Allohning zoti va sifatlarini yaxshi bilgan, uning buyruqlarini bajarib, gunoh ishlardan oʻzini saqlovchi, dunyo lazzati va shahvoniy ishlardan yuz oʻgiruvchi kishi. Avliyo soʻzi "aziz" soʻzi bilan birga ham ishlatiladi. Masalan, "aziz-avliyolar" tasavvufda oʻzining kashf-u karomatlari bilan tanilgan tariqat shayxlariga, pir-u murshidlarga nisbatan qoʻllanadi. Islom an』anasida avliyolar qaysidir bir ishi, xizmati yoki hislati tufayli Allohga yaqin boʻlib qolgan, duolari mustajob, solih, qobil, kamtar kishilardir. Avliyolar paygʻambarlar darajasidan keyin turadi. Islom aqidasi boʻyicha avliyolar har qancha kashf-u karomatga ega boʻlishiga qaramasdan bir oddiy paygʻambarning martabasiga ham yeta olmaydi. Avliyolarning mozorlarini ziyorat qilib ruhiy ozuqa olish islom dinida savobli ishlardan hisoblanadi.[2]

Thumb
Fors minatyurasi. Ahmad Gʻazzoliy (1123 y. vaf.et.), Al-Gʻazzoliyning (1111 y. vaf. et.) akasi, shogirdi bilan suhbatlashmoqda. (1552)
Thumb
Jaloliddin Rumiy Руми, shogirdi Xusam ad-Din Chalabiy bilan. (1594)
Remove ads

Manbalar

Havolalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads