Blog
boltayev shahzod From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Blog (inglizcha: web log[1] – „veb-jurnal「 soʻzidan), bu veb-saytning bir koʻrinishi boʻlib, undagi maqolalar xronologik tarzda yoziladi. Aksariyat bloglarda maʼlum bir mavzuga tegishli yangilik yoki sharh chop etiladi; boshqalari esa shaxsiy onlayn kundalik sifatida xizmat koʻrsatadi.
Tarixi
Washington Profile maʼlumotlarga koʻra birinchi blog varaqasiga 1992-yili TIM BERENS-Li tomonidan yangiliklar nashr etgan. 1996-yili bloglardan foydalanish keng ommaga yoyildi.
1999-yil avgust oyida San-Fransiskolik PYRA LABS kompaniyasi Blogger saytini ochdi. U birinchi bepul blog xizmati edi. Keyinchalik Blogger Google kompaniyasi tomonidan sotib olndi. 2004-yili Apple kompaniyasi hali rasmiy eʼlon qilinmagan yangi tavarlari haqida bloggerlar maʼlumotlar tarqatganligi uchun bloggerlarni sudga berdi, ammo sutda yutqazib qoʻyishdi.
2006-yili sud bloggerlar ham jurnalistlar ega boʻlgan huquqlarga ega deb qaror chiqardi.
Remove ads
Blog turlari
Mualliflik turlariga koʻra.
- Shaxsiy blog – bir kishi tomonidan yuritiladi. (qoidaga koʻra blog egasi tomonidan).
- Timsoliy blog – malum boʻlmagan noaniq shaxs tomonidan yuritiladi..
- Jamoali yoki ijtimoiy blog – blog egasi aniqlab bergan malumotlar asosida bir guruh shaxslar tomonidan yuritiladi.
- Jamiyat blogi – bir tashkilot azolari tomonidan yuritiladi.
Multimedia turlariga koʻra.
- Matnli blog – matnlar asosida tuzilgan blog.
- Suratli blog – suratlar asosida tuzilgan blog.
- Musiqiy blog – musiqalar asosida tuzilgan blog.
- Video blog – video fayllar asosida tuzilgan blog.
Texnik asoslariga koʻra
- Stand alone blog – alohida xosting va dvijkali blog
- Blog-platforma – blog xizmati kuchi asosidagi blog(LiveJournal, LiveInternet va hokazo).
- Moblog – mobil veb blog, kontentli.
Remove ads
Manbalar
Oʻqish uchun
Havolalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads