CERN
From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
CERN (talaffuzi: sern; Ovroʻpa Yadroviy Tadqiqotlar Tashkiloti) 1954-yili[1] tuzilgan xalqaro ilmiy tashkilot boʻlib, yadroviy fizika, xususan zarrachalar fizikasi sohasidagi tadqiqotlar bilan shugʻullanadi.
CERN nomi tashkilotning eski atalishi: fransuzcha: Conseil Européen pour la Recherche Nucléaire (Ovroʻpa Yadroviy Tadqiqotlar Kengashi) dan kelib chiqqan.
CERN dunyodagi eng katta zarrachalar fizikasi laboratoriyasi - Katta adron kollayderini ishlatadi.
Remove ads
Tadqiqotlar
CERN laboratoriyalarida qator muvaffaqiyatli tajribalar oʻtkazilib, muhim kashfiyotlar qilingan. Masalan:
- 1973: Gargamelle pufak kamerasida neytral tok ochilgan.[2]
- 1983: UA1 va UA2 tajribalarida W va Z bozonlar topilgan.[3]
- 1995: PS210 tajribasida antimateriya (antivodorod atomlari) olingan.[4]
- 2011: Antivodorod 15 daqiqagacha saqlanib turilgan.[5]
- 2012: Massasi 125 GeV bozon topilgan, u uzoq kutilgan Higgs bozoni xossalarini tashiydi.[6]
Bundan tashqari, CERNda asosiy dasturga kirmaydigan izlanishlar ortidan Tim Berners-Lee ishtirokida World Wide Web ixtiro etilgan.[7]

Remove ads
Manbalar
Havolalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads
