Cate Blanchett
From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Catherine Elise Blanchett (talaffuzi: Ketrin Elis Blanshett) (1969-yil 14-mayda tugʻilgan) – avstraliyalik aktrisa va prodyuser. Ikki karra Oscar[2][3], toʻrt karra BAFTA[4], toʻrt karra Oltin globus[5], uch karra Screen Actors Guild Award[6][7][8] sovrindori. 2007-yilda Time jurnalining jahondagi 100 nafar eng nufuzli shaxs roʻyxatiga kiritilgan. 2008-yilda Hollywood „Shon-shuhrat xiyoboni“da oʻz yulduziga ega boʻlgan[9].
Remove ads
Blanchett kinodagi debyutini Paradise Road (1997) kartinasi bilan boshlagan. Elizabeth (1998), The Aviator (2004), Notes on a Scandal (2006), I'm Not There (2007), Elizabeth: The Golden Age (2007), Blue Jasmine (2013), Carol (2015), Tár (2022) filmlaridagi rollari ortidan olamshumul shuhrat qozonib, koʻplab nufuzli kinomukofotlarga sazovor boʻlgan.
Blanchett shu kungacha 70 dan ziyod filmda suratga tushgan. Uning ishtirokidagi filmlar umumjahon boʻylab kinoprokatlarda $9,8 milliard ishlab topgan[10]. Blanchett ishtirokidagi kassabop filmlarga Uzuklar hukmdori trilogiyasi (2001–2003), Indiana Jones and the Kingdom of the Crystal Skull (2008), The Curious Case of Benjamin Button (2008), Cinderella (2015), Thor: Ragnarok (2017), Ocean's 8 (2018), Don't Look Up (2021) kabilarni misol qilish mumkin.
Remove ads
Filmografiyasi
Remove ads
Manbalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads