Charlie Hunnam

From Wikipedia, the free encyclopedia

Charlie Hunnam
Remove ads

Charlie Hunnam (talaffuzi: Charli Hannem; 1980-yil 10-aprelda tugʻilgan; Nyukasl apon Tayn, Angliya, Buyuk Britaniya) — ingliz aktyori.

Qisqa faktlar Tavalludi, Fuqaroligi ...
Remove ads

Hayoti

Charlie Hunnam 1980-yil 10-aprel sanasida Nyukasl-apon Tayn shahrida tavallud topgan. Charliening otasi Uilyam „Billi「 Hunnam (1952—2013) temir sotuvchisi[1] boʻlib ishlagan, otasi Charlie 2 yoshligidayoq oilasini tashlab ketgan. Onasi Jeyn Bell esa balerina hamda oʻzining shaxsiy biznes faoliyatini olib borgan. Charliening soʻzlariga koʻra, onasi yolgʻiz ona sifatida farzandlariga juda yaxshi tarbiya bera olgan.[2][3][4][5]. Charliening katta akasi Uilyam hamda ikkita kichik oʻgay ukasi Oliver va Kristianlar boʻlgan[6][7]. Charlie 12 yoshligida, onasi turmushga chiqgach, Charlie Kambriyaning Melmerbi qishlogʻiga koʻchib oʻtdi. Buvilaridan biri portret chizgan[8].

Charlie mizofobiya, mikroblar va iflosliklardan qoʻrqardi. Yoshligida u regbi oʻynagan va sinfdoshlari bilan jang qilgan, shuning uchun u Kumbriyaning Penrit shahridagi Qirolicha Yelizaveta Grammatika maktabidan haydalgan, bu esa uni imtihonni uyda topshirishiga sabab boʻlgan[9][10][11]. Shundan soʻng u Karlayldagi Kembrey sanʼat va dizayn kollejiga oʻqishga kirdi (hozirgi Kambriya universiteti tarkibiga kiradi), u yerda kino nazariyasi va tarixi[12][13] boʻyicha ilmiy darajaga ega boʻlib, kelajakdagi oʻz filmlarini suratga olish rejasini tuzgan.

Remove ads

Shaxsiy hayoti

1999-yili Hunnam aktrisa Katharine Towne bilan uchrashdi. Ular uch haftalik munosabatlardan keyin Las-Vegasda turmush qurishdi va 2002-yilda ajrashishdi[14][15][16]. Hunnam, shuningdek, model Sophie Dahl, aktrisa Stella Parker va kinoprodyuser Georgina Townsley[17] bilan munosabatlarga ega edi.

2016-yilda aktyor jiu-jitsu[18] bilan shugʻullana boshladi va 2018-yil oktyabr oyida koʻk kamarga ega boʻldi[19].

Remove ads

Filmografiyasi

Batafsil maʼlumot Yil, Film ...

Manbalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads