Danny Higginbotham
From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Daniel John Higginbotham (talaffuzi: Daniel Jon Xigginbotem 1978-yil 29-dekabrda tug'ilgan) - himoyachi sifatida o'ynagan sobiq professional futbolchi. U Angliyaning Manchester shahrida tug'ilgan, xalqaro futbolda Gibraltarni himoya qilgan.
Daniel faoliyatini “Manchester United” akademiyasida boshlagan. Klubda debyut qilganidan soʻng, u Belgiyaning "Royal Antwerp" jamoasiga ijaraga yuborildi. Ammo u klubda yaxshi rivojlana olmadi, soʻngra Derby Countyga qoʻshildi (2000-yil). U "Derby"da uch yil oʻtkazdi, soʻngra klub Premyer-ligadan tushib ketganida transfer soʻrovini topshirdi. "Southampton" Danielni 1,5 million funt sterlingga sotib oldi. 2003-yil fevral oyida toʻlov amalga oshirildi. Daniel ularga 2003-yilgi Angliya kubogi finaliga chiqishga yordam berdi. 2005-yilda "Southampton" quyi ligaga tushib ketdi, soʻngra Daniel yangi shartnomani rad etdi va transfer roʻyxatiga kiritildi.
Remove ads
Yoshlik
Manchesterda tugʻilgan Daniel Altrinchamda oʻsgan. Oʻn bitta imtihondan oʻtganiga qaramay, u Altrincham oʻg'il bolalar grammatikasi maktabiga kirishdan bosh tortdi[2]. Uning katta akasi Paul Witton Albion uchun Ligadan tashqari futbol oʻynagan[3].
Klubdagi faoliyati
Manchester United
Daniel oʻz faoliyatini mahalliy "Manchester United" klubida boshlagan. Ammo u shogirdligining birinchi yilida yuqori baholanmagan va B jamoasi oʻyinida son suyagi singanida uning faoliyati deyarli yakunlangandek edi[4]. Biroq, u jarohatdan tuzalib ketdi va 1998-yilda ikki yillik professional shartnoma imzoladi[5]. U Premyer-ligadagi debyutini 1998-yil 10-mayda o‘tkazib, Oakwellda Barnsley ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi[6].
U Belgiyaning ikkinchi divizioni vakili "Royal Antwerp"ga ijara asosida yuborildi. U klubni yomon boshlagan boʻlsada, ushbu startdan soʻng klub ketma-ket 15 oʻyinda gʻalaba qozondi.
Remove ads
Xalqaro martaba
Angliyada tugʻilib oʻsgan Daniel onasi tomondan buvisi orqali Gibraltar terma jamoasida oʻynash huquqiga ega edi[7]. Gibraltarning sobiq menejeri Allen Bula uning amakisi hisoblanadi[8]. Daniel xalqaro maydondagi debyutini Gibraltarning UEFA aʼzosi sifatidagi ilk oʻyinida, 2013-yil 19-noyabrda Slovakiya bilan oʻrtoqlik oʻyinida 0:0 hisobida durang oʻynab, amalga oshirgan[9]. U o'z faoliyati uchun maqtovga sazovor bo'lib, uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi[10]. U 2014-yilning mart oyida Gibraltar safida uchta o‘yin o‘tkazgandan so'ng[11], xalqaro futboldagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.
Media martabasi
2013-yil fevral oyida Daniel Shimoliy Staffordshire va Janubiy Cheshire mintaqalaridagi mahalliy gazeta The Sentinelda oʻz biografiyasini yozishni boshladi. Daniel The Independent jurnalida muntazam sport rukniga ega. U 2015-yil aprel oyida oʻzining "Yo'qolganlarning yuksalishi" deb nomlangan[12] avtobiografiyasini eʼlon qildi. U Talksport, BBC Radio 5 Live, BT Sport, Sky Sports va NBC Sports kabi bir qancha televidenie va radiostansiyalarda chiqish qilgan[13][14].
Remove ads
Shaxsiy hayot
Uning birinchi farzandi Jak 2001-yilda tug‘ilgan[15]. Uning ikkinchi farzandi Jessica 2003-yil 12-oktyabrda tugʻilgan[16]. Uning birinchi nikohi 2008-yilda oʻz nihoyasiga yetdi(ajrashdi)[17]
2010-yilda u amerikalik Nicole bilan oila qurdi.
Faoliyat statistikasi
Remove ads
Manbalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads