Deliver Us from Evil
From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Deliver Us from Evil — 2014-yilda rejissyor Scott Derrickson va prodyuserJerry Bruckheimer tomonidan suratga olingan AQSh gʻayritabiiy dahshatli filmi[4]. Film 2001-yilda Ralph Sarchie va Lisa Collier Cool tomonidan chop etilgan „Beware the Night“ nomli kitobga asoslangan deb tahmin qilinadi, ammo syujet rejissyor Derrickson tomonidan yozilgan asl asardir. Filmda bosh rollarni Eric Bana, Edgar Ramirez, Sean Harris, Olivia Munn va Joel McHale ijro etgan. Film 2014-yil 2-iyulda ommaga taqdim etilgan[5]. Deliver Us from Evil filmi 30 million dollarlik byudjetga nisbatan 87,9 million dollar daromad keltirgan.
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (May 2024) |
Remove ads
Rollarda
- Eric Bana Nyu-York shahridagi koʻcha politsiyachisi Ralph Sarchie rolini ijro etgan[6].
- Edgar Ramirez Mendoza rolida, Ralph bilan bir jamoada boʻlgan ispan ruhoniysi[7].
- Olivia Munn — Jen Sarchie rolida, Ralphning rafiqasi[7].
- Sean Harris Mick Santino/Jungler rolida, jinlar egalik qilgan dengiz piyodasi, oxir-oqibat Ralph va uning yaqinlarini nishonga oladi[8].
- Joel McHale Butler rolida, Ralphning sherigi, qattiqqoʻl, tajribali (ammo baʼzan biroz egoist) politsiyachi.
- Chris Coy Jimmy Tratner rolida[9]
- Gordon rolida Dorian Missick[10]
- Lulu Wilson Ralphning qizi Christina Sarchie rolida.
- Scott Johnsen leytenant Griggs rolida
- Daniel Sauli Salvatore rolida
- Serafina rolida Antoinette Lavecchia
- Mario rolida Aidan Gemme
- Jenna Gavigan Lucinda rolida
- Marvin rolida Oliver Wadsworth
- Mike Houston Nadler rolida
- Olivia Horton Jane Crenna rolida
- Rhona Fox hayvonot bogʻi xodimi
- Valentina Rendon Claudia rolida
Remove ads
Suratga olish ishlari
2012-yil 4-sentyabrda rejissyor Scott Derrickson „Screen Gems“ prodyuseri Paul Harris Boardman bilan hamkorlikda yozgan paranormal triller filmida rejissyorlik qilish uchun imzo chekkan. David Ayer, Bryan Bertino va Bruce C. McKenna ham Bruckheimer Derricksonga qaytishidan oldin ushbu ssenariy ustida ishlagan[11]. Screen Gems 2015-yilning 16-yanvariga filmning namoyish sanasini belgilab bergan va 20-may kuni Nyu-Yorkdagi Bronksda suratga olishni boshlashini eʼlon qilgan[12]. 2013-yil 13-noyabrda Sony Pictures nashri namoyish sanasini 2015-yil yanvaridan 2014-yil 2-iyuliga oʻzgartirgan. 7-dekabrda film Beware the Night to Deliver Us from Evil nomidan qayta nomlangan[13].
Film syujeti Derrickson va hammuallif Paul Harris Boardman tomonidan butunlay qayta ishlangan[14]. Mendozaning asosiy va ikkilamchi yovuzlik haqidagi tushuntirishi kitobning soʻzboshisidan olingan[15]. Sarchie va Butler arvohlar uyining bir xonasida yashovchi oila bilan uchrashgan sahnadagi koʻplab tafsilotlar toʻgʻridan-toʻgʻri kitobning birinchi bobidan olingan[16].
Suratga olish jarayonlari
Asosiy suratga olish 2013-yil 3-iyunda Nyu-York shahrida boshlangan[17]. Iyul oyi oxirida Nyu-Yorkda suratga olish ishlari tugallangandan soʻng, 2013-yil avgust oyi boshida Abu-Dabiga koʻchirilgan[18][19]. U yerda Abu-Dabidagi Liva vohasi choʻlidagi sahnalarni suratga olingan[20][21]. Empire State Development Corporation maʼlumotlariga koʻra, Deliver Us from Evil Nyu-York shahrida va Long-Aylendda 34 kunlik suratga olish jarayonida 19 million dollardan ortiq mablagʻ sarflagan. Ushbu prodyuser Nyu-York aholisiga 7 million dollar toʻlagan, 700 ga yaqin aktyorlar, ekipaj hamda 400 dan ortiq qoʻshimcha aktyorlarni yollagan[22].
Remove ads
Marketing
2013-yil 23-dekabrda filmdan birinchi surat taqdim etilgan[23]. Filmning birinchi treyleri 2014-yil 7-martda YouTubeʼda[24][25], keyin yana bir xalqaro treyler 10-aprelda namoyish etilgan[26]. 14-may kuni yana bir treyler chiqarilgan[27].
Namoyish etilishi
Film 2014-yil 2-iyulda AQShda 3049 ta joyda namoyish etilgan[28].
Teatr kassalarida
Deliver Us from Evil filmi kassada yaxshi natija koʻrsatgan. Ochilish kunida 2,8 million dollar ishlab topgan. Dam olish kunlarida film 9,5 million dollar daromad topib, Qoʻshma Shtatlardagi kassalarda toʻrtinchi oʻrinni egallagan va Transformers: Age of Extinction filmidan keyingi oʻrinda hisoblangan.
Manbalar
Havolalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads