Dinosaur Game
2014-yil kompyuter oʻyini From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Matos, Clinton. „Google Chrome's offline "Dinosaurio Game" has a day-night cycle“. HTXT (2016-yil 20-may). 2016-yil 21-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-iyun.
Dinosaurio Game (shuningdek, Chrome Dino, T-Rex Game, Dino Runner nomlari bilan ham tanilgan; tarjimasi „Dinozavr oʻyini“)[1] — Google tomonidan ishlab chiqilgan va Google Chrome veb-brauzeriga oʻrnatilgan brauzer oʻyini. Oʻyinchidan pikselli Tyrannosaurus rexni faqat bir tomonga yurish mumkin boʻlgan landshaft boʻylab boshqarish va yuqori ball olish uchun toʻsiqlardan (kaktus va pteranodon) sakrab yoki egilib oʻtgan holda yurishi talab etiladi. Oʻyin 2014-yilda Chrome UX jamoasi aʼzolari tomonidan yaratilgan . Unga kirish uchun Google Chrome oflayn rejimida klaviaturadagi space tugmasini (boʻsh joy tugmasi) bosish yoki URL qatoriga quyidagi havolani kiritish yetarli: chrome://dino
yoki chrome://network-error/-106
[2] .
Oʻyin yaratuvchilari 2018-yil sentyabrdan keyin taxminan 270 million kishi har oyda mazkur oʻyinni oʻynab kelganini maʼlum qilishgan
.2020-yil avgust oyida oʻyinning „Dino Swords“ (oʻzbekcha: Dino qilichlari) nomli oʻzgartirilgan versiyasi omma eʼtiboriga havola etildi .
Remove ads
Oʻyin jarayoni

Agar foydalanuvchi oflayn rejimda Google Chrome brauzerida veb-sahifaga oʻtishga harakat qilsa, brauzer foydalanuvchiga Internetga ulanmaganligi borasida ogohlantirish beradi. Ushbu bosh sahifada pikselli Tiranozavr rex tasviri koʻrsatilgan[3]. Oʻyinni ish stolida space yoki ↑ tugmalarini bosish, yoki agarda Android yoki iOS mobil qurilmalarida boʻlsa, ekrandagi dinozavrni bosish orqali boshlash mumkin. Bundan tashqari, URL qatoriga chrome://dino
yoki chrome://network-error/-106
kiritish orqali oʻyinga kirish imkoniyati ham mavjud[4].
Oʻyin davomida Lonely T-Rex oq-qora chiziq va shaklli choʻl landshafti boʻylab doimiy ravishda chapdan oʻngga harakat qiladi, oʻyinchi sakrash yoki egilish orqali kaktuslar va pteranodonlar kabi yaqinlashib qolgan toʻsiqlardan qochishga harakat qiladi[5]. Desktop qurilmalarida joy olgan space, ↑ tugmalaridan birini bosish dinozavrning „sakrashini“, ↓ tugmachasini bosish esa dinozavrning „egilishini“ taʼminlab beradi. Oʻyin davom etar ekan muayyan tezlik foydalanuvchi toʻsiq yoki Pterozavrga tegmagunga qadar asta-sekin oshib boraveradi. Bu holat oʻyinning ertaroq tugash ehtimolini oshirishga xizmat qiladi[6].

Oʻyinchi 700 ball toʻplagandan soʻng, oʻyin zonasi oq fondagi quyuq kulrang grafikadan qora fondagi och kulrang grafikaga oʻzgaradi. Bu oʻyin zonasining kunduzdan tunga oʻtganligiga ishora qiladi. Kunduzgi osmon grafikasi ham tungi osmon grafikasi bilan almashtiriladi[izoh 1]. Oʻyin davomida ranglar sxemasi ham doimiy oʻzgarib turadi[6][7]. Oʻyinda maksimal ballga erishish uchun taxminan 17 million yil kerak boʻladi. Ushbu vaqt toʻplami orqali aslida T-Rexning boʻr-paleogen davrida yoʻq boʻlib ketishidan avval qancha vaqt mavjud boʻlganiga ishora qilinadi[8].
Agar tarmoq maʼmuri Dinosaur Gameni oʻchirib qoʻysa, oʻyinni boshlashga urinayotgan oʻyinchiga xato xabari ekranda koʻrsatiladi. Shundan soʻng Lonely T-Rex tomon uchib kelayotgan meteorit tasviri ekranda aks ettiriladi[9].
Remove ads
Rivojlanishi
Oʻyin 2014-yilda Sebastien Gabriel, Alan Bettes va Edward Jungdan iborat boʻlgan Chrome UX jamoasi aʼzolari tomonidan yaratilgan[10]. Gabriel „Lonely T-Rex“ deb nomlangan oʻyinchi personajini ishlab chiqqan[11]. Oʻyinni tuzish jarayonida T. Rex guruhining yetakchi qoʻshiqchisi Marc Bolan familyasidan kelib chiqib, „Project Bolan“ ishchi nomi berilgan. Ishlab chiquvchilar dinozavr mavzusini oʻyin funksiyasiga havola sifatida tanlaganlar. Bu hazil oʻyin Internetga ulanmaslik „Ibtidoiy jamiyat“ davrida yashash bilan teng ekanligiga ishora qiladi. Oʻyin 2014-yil sentyabr oyida chiqarilgan; dastlab, u eski qurilmalarda ishlamagan, shuning uchun kod oʻsha yilning dekabr oyida yangilanib, qayta chiqarilgan[12]. Pteranodonlar 2015-yilda brauzer versiyasining toʻliq yangilanishi bilan tizim toʻsigʻi sifatida ishga tushgan[13].

2018-yil sentyabr oyida Chromening 10 yilligi va oʻyin yaratilganligining toʻrt yilligi munosabati bilan unga Pasxa tuxumi qoʻshildi, unda choʻlda tugʻilgan kun torti paydo boʻldi. Lonely T-Rex tortni „yegan“ taqdirda uning boshida tugʻilgan kun shlyapasi paydo boʻlgan[14]. Oʻsha yilning noyabr oyida Google oʻyinchining yuqori ballini xotirada saqlash funksiyasini taqdim etdi[15]. Oʻyinning kod manbasi Chromium saytida mavjud[16].

2021-yilda Google mart oyida iOS 14 uchun vidjetni taqdim etdi, bu esa oʻyinchilarni chrome://dino
orqali oʻynash imkoniyatini yaratdi[17]; shunga oʻxshash vidjet oʻsha yilning oxirida Android uchun ham taqdim etildi[18]. Oʻyin iyul oyida yana bir bor yangilandi. Unda Olimpiya sport oʻyinlariga taqlid qiluvchi 2020-yilgi Tokio Olimpiadasi uchun Pasxa tuxumi qoʻshildi[19]. Mashʼalaga yetib borgach, Olimpiya oʻyinlariga asoslangan holda dino suzish, yugurish va boshqa koʻplab sport oʻyinlarini oʻynay boshlaydi. Odatiy kaktuslar va pteranodon toʻsiqlari oʻrniga endi dinozavr Olimpiya oʻyinlari bilan bogʻliq toʻsiqlarga duch kelishi kutilmoqda[20].
Remove ads
Muxlislar tomonidan qabul qilinishi
Oʻyin keng eʼtirofga sazovor boʻlib, yaratuvchilar 2018-yil sentyabrdan keyin taxminan 270 million kishi har oyda mazkur oʻyinni oʻynab kelganini maʼlum qilishgan[21].
Ommaviy madaniyatda
Dinozavr oʻyini The Simpsons animatsion filmining 34-mavsum premyerasi, „Habeas Tortoise“ning „couch gag“ ochilish segmentida namoyish etilgan[22][23][24].
Oʻxshash oʻyinlar
Surf
2020-yil may oyida Microsoft Edge brauzeri yangilandi va ushbu yangilanishda dasturchilar brauzerga Surf oʻyinini qoʻshishdi. Oʻyin toʻsiqlarni chetlab oʻtishga va quvvat toʻplashga urinayotgan syorferni boshqarishga asoslanadi. Dinosaur Game singari, bu oʻyindan ham brauzer oflayn boʻlganda foydalanish mumkin. Oʻyin belgilarni sozlash va bir nechta boshqaruv sxemalarini yaratishga imkon beradi[25]. Qurollar oʻyinchi ekranida ketma-ket paydo boʻladi va ingliz alifbosi bilan belgilangan oʻyin oynasining pastki qismida koʻrsatilgan harflar bilan foydalanilishi mumkin[26].
Dino Swords
2020-yil avgust oyida MSCHF va 100 Thieves oʻyinning „Dino Swords“ (oʻzbekcha: Dino qilichlari) nomli oʻzgartirilgan versiyasini yaratish yoʻlida oʻzaro hamkorlik qilishdi, unda kichik 26 ta foydalanish qurollari va vaqtni sekinlashtiruvchi tabletkalar arsenaliga ega edi; notoʻgʻri boshqarilsa, qurollar teskari taʼsir koʻrsatishi va dinozavrga zarar yetkazishi ham mumkin. Qurollar ekranda ketma-ket paydo boʻladi va uni ingliz alifbosi bilan belgilangan oʻyin oynasining pastki qismida koʻrsatilgan harflar bilan ishlatish mumkin. Agar oʻyinchi yutqazsa, u oʻyin davomida olingan barcha qurollarini yoʻqotadi[27].
Remove ads
Yana qarang
- Google Pasxa tuxumlari roʻyxati
Izohlar
- Qurilmadan tungi rejimda foydalanish oʻyinni bir xil tungi grafiklar bilan boshlaydi.
Manbalar
Havolalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads