Elba

From Wikipedia, the free encyclopedia

Elba
Remove ads

Elba, Laba — Yevropadagi daryo, Chexiya va Germaniya hududlaridan oqadi. Uzunligi 1165 km, havzasining maydoni 154,8 ming km². Krkonoshe togʻlarining janubi-gʻarbiy yon bagʻirlaridan boshlanadi. Yuqori oqimida 70 m balandlikdagi Elba sharsharasini hosil qiladi. Rudali togʻlar va Saksoniya (Shveysariya) togʻ tizmalaridagi daralardan, Maysen shahridan quyiroqda Oʻrta Yevropa tekisligi boʻylab botqoq va koʻllar hos,il qilib keng vodiydan oqadi. Qirgʻoqlarida toshqinga qarshi dambalar qurilgan. Daryo kengligi Drezden shahri yaqinida 100–150 m dan Gamburg shahrida 300–500 m gacha yetadi. Estuariy hosil qilib Shimoliy dengizga quyiladi. Asosiy irmoqlari: Yizera, Xafel, Vltava, Zaale. Oʻrtacha suv sarfi 920 m³/sek., bahor oylarida toshadi. Quyilish yeridan 950 km masofada kema qatnaydi, Gamburg shahrigacha dengiz kemalari ham kira oladi. Kanallar orqali Vezer, Ems, Reyn va Odra daryolari, Kil kanali orqali Boltiq dengizi bilan bogʻlangan. E. boʻyida Usti, Drezden, Magdeburg shahrilari, quyilish yerida Gamburg port shahri joylashgan.

Qisqa faktlar Tavsif, Joylashuvi ...
Remove ads

Manbalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads