Ellen Barkin

amerikalik aktrisa From Wikipedia, the free encyclopedia

Ellen Barkin
Remove ads

Ellen Rona Barkin (1954-yil 16-aprelda tugʻilgan)[1] — amerikalik aktrisa va produser. Uning rollari orasidagi eng yutuqlisi 1982-yilda „Diner「 filmida boʻlgan. Keyingi yillarda u Tender Mercies (1983), Eddie and the Cruisers (1983), The Adventures of Buckaroo Banzai Across the 8th Dimension (1984), The Big Easy (1986), Johnny Handsome hamda Sea of Love (1989) kabi filmlarda bosh rollarni ijro etgan.

Qisqa faktlar Tavalludi, Fuqaroligi ...

Uning produserlik shartnomlari orasida Letters to Juliet, Shit Year (ikkalasi ham 2010-yil) va Another Happy Day (2011) filmlari kiradi.

Remove ads

Yoshligi

Barkin New Yorkning The Bronx shahrida[2] Yamayka kasalxonasida ishlagan shifoxona maʼmuri Evelyn (qizlik familyasi: Rozin) va kimyoviy mahsulotlar sotuvchisi Sol Barkinning qizi boʻlib tugʻilgan[3][4]. Uning oilasi yahudiy boʻlishgan[5][6]. Ular Sibirdan va Rossiya-Polsha chegarasidan hijrat qilgan edilar.

Faoliyati

Thumb
Ellen Barkin va Kate Bosworth 2011-yilda Deauvilledagi Amerika kinofestivalida

Uning asosiy roli Barry Levinson tomonidan yozilgan va rejissorlik qilingan „Diner「 (1982) komedik drama filmda[7] boʻlib, u ushbu filmda gavdalantirgan roli uchun ijobiy baholarga loyiq koʻriladi. Barkin „Tender Mercies「 (1983) dramatik filmida uning rejissori Bruce Beresfordni New Yorkdagi kasting vaqtida hayratga solganidan soʻng, tajribasizligi va ishini yaxshi bilmaganiga qaramay filmda rol oʻynashga erishgan. „Tender Mercies「 filmida bosh rolni oʻynagan Robert Duvall Barkin haqida shunday deydi: „U bu qismga haqiqiy ishonchlilik keltirardi, bundan tashqari, u yosh va jozibali edi hamda maʼlum bir ustunlik hissiga ega edi. Bu uning, albatta, uchun xavfli boʻlgan「. U, shuningdek, 1983-yilda roknroll dramatik „Eddie and the Cruisers「 filmida ham paydo boʻlgan.

2016-yildan 2019-yilgacha Barkin TNT telekanalining „Animal Kingdom「 dramatik serialida jinoyatchilar oilasining matriarxi Janine „Smurf「 Cody rolini oʻynaydi[8]. Serial 2010-yildagi avstraliyalik filmga asoslangan boʻlib, unda Smurf rolini Jackie Weaver ijro etgan[9][10].

Remove ads

Shaxsiy hayoti

Barkin birinchi nikohi — aktyor Gabriel Byrnedan boʻlgan Jack Daniel (1989-yilda tugʻilgan) va Romy Marion (1992-yilda tugʻilgan) ismli ikki farzandining onasi[11]. Er-xotin 1993-yilda bir-birlari bilan orani uzishgan va 1999-yilda rasman ajrashishgan. Lekin, oralari hali ham yaqin[11]. Byrne hatto Barkinning 2000-yilda multimilliarder va biznesmen Ronald Perelman bilan boʻlgan toʻyida ham qatnashgan[12]. New York jurnaliga koʻra, bu nikoh 2006-yilda ajralish bilan yakunlangan.

Barkinning George ismli, ilgari National Lampoon va High Times gazetalarining bosh muharriri llavozimida ishlagan akasi bor.

Filmografiyasi

Filmlarda

Batafsil maʼlumot Yil, Sarlavha ...

Televizion rollari

Batafsil maʼlumot Yil, Sarlavha ...
Remove ads

Manbalar

Havolalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads