Erich Neumann
From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Erich Neumann (ivr. אריך נוימן (Erix Noyman), 1905-yil 23-yanvar - 1960-yil 5-noyabr)[1] - psixolog, faylasuf, yozuvchi va Karl Yungning shogirdi.
Faoliyati
Neumann Berlinda yahudiy oilasida dunyoga kelgan.[2] 1927-yilda Erlangen-Nuremberg Universitetidan PhD darajasini olgan va keyin Berlin universitetida tibbiyotni o'rgangan va ushbu universitetida 1933-yilda tibbiyotdan ilmiy daraja olgan. 1934-yilda Neumann va rafiqasi Julie Tel-Avivga ko'chib o'tishgan[2] va bunga ularning Sionist boʻlganliklari va Natsistlar tuzumidan hadiksiraganliklari sabab boʻlgan. Ko'p yillar davomida Neumann Syurixga kelib, K.G. Yung institutida ma'ruza o'qigani kelib turgan. U shuningdek ma'ruzalar o'qish uchun Angliya, Fransiya va Niderlandiyaga tez-tez tashrif buyurgan, Xalqaro analitik psixologiya assotsiatsiyasi a'zosi va Isroil analitik psixoglari assotsiatsiyasi Prezidenti boʻlgan. Neumann Tel-Avivda 1934-yilda to 1960-yilda buyrak saratonidan vafot etguniga qadar analitik psixologiya bilan shug'ullangan.[2]
Remove ads
Fanga qo'shgan hissasi
Neumann rivojlanish psixologiyasi, ong psixologiyasi va ijodkorlik psixologiyasi kabi sohalarga o'z hissasini qo'shgan. Uning psixologik tahlilga nisbatan yondashuvi ko'proq nazariy va falsafiy bo'lib, bu Angliya va AQSHdagi nisbatan klinik yondashuvdan ancha farqli edi. Uning psixologiya fani uchun qo'shgan eng ulkan hissasi u tomonidan ekstra- va introversiyaning sintezi natijasidan kelib chiquvchi "sentroversiya" konsepsiyasi ishlab chiqilishidir. Uni tanitgan yana bir hissa, bu olim tomonidan ishlab chiqilgan feminin rivojlanish konsepsiyasi bo'lib, mazkur konsepsiya olimning ko'plab asarlarida, asosan uning "Ulug' Ona: Arxetipik tahlil" (Die große Mutter. Der Archetyp des grossen Weiblichen, ) asarida yoritilgan.[3]
Remove ads
Manbalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads