Eva Gabor
vengriyalik-amerikalik aktrisa From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Eva Gabor (1919-yil 11-fevral, Budapesht, Vengriya – 1995-yil 4-iyul, Los Angeles, AQSh) – vengriyalik sobiq aktrisa, ishbilarmon ayol, xonanda va sotsialist. U Disney suratga olgan The Aristocats, The Rescuers va The Rescuers Down Under kabi filmlarida gersoginya xonim Bianca obrazi uchun ovoz bergan.
Gabor 1965—1971-yillarda efirga uzatilgan Green Acres teleserialida Eddie Albert gavdalantirgan obraz Oliver Wendell Douglasning rafiqasi Lisa Douglas roli orqali mashhurlikka erishgan. U kinoda, Broadway teatrida va televideniyeda aktrisa sifatida ulkan muvaffaqiyatlar qozongan. Sobiq aktrisa, shuningdek, muvaffaqiyatli ishbilarmon ayol sifatida yasama soch (parik)lar, kiyim-kechak va goʻzallik mahsulotlarini sotish bilan shugʻullangan. Uning katta opalari Zsa Zsa va Magda Gabor ham aktrisalar va sotsialistlar boʻlishgan.
Remove ads
Faoliyati
Gabor Vengriyaning Budapesht shahrida askar Vilmos Gábor va uning rafiqasi, zargar Jolie (qizlik familyasi: Janka Tilleman)lar oilasida dunyoga kelgan uchta qizining kenjasidir. Uning ota-onasi venger yahudiy oilalaridan boʻlishgan[1][2][3]. U 1937-yilda 18-yoshida shvetsiyalik osteopat doktor Eric Drimmer bilan turmushga chiqqan. Birinchi turmushidan koʻp oʻtmay, opa-singillar orasida birinchi boʻlib, AQShga koʻchib kelgan[4]. 1950-yillarda u bir nechta badiiy filmlarda, jumladan, The Last Time I Saw Parisda Elizabeth Taylor hamda Dean Martin va Jerry Lewis ishtirok etgan Artists and Modelsda suratga tushgan.
Remove ads
Oʻlimi
Gabor 1995-yil Mustaqillik kuni munosabati bilan Los Angelesda taʼtilda boʻlgan vaqtida vannaga yiqilib tushgan hamda nafas etishmovchiligi va pnevmoniyadan vafot etgan[5]. Uning dafn marosimi 1995-yil 11-iyulda Beverly Hillsdagi Good Shepherd katolik cherkovida boʻlib oʻtdi[6].
Kenja farzand boʻlmish Evaning katta opalari va onasi ham vafot etgan. Opasi Magda va onasi Jolie Gabor uning vafotidan ikki yildan soʻng, 1997-yilda vafot etgan. Katta opasi Zsa Zsa esa 2016-yil 18-dekabrda yurak hurujidan vafot etgan[7][8].
Dafn etilishi
Gabor Westwood Village Memorial Park qabristoniga, jiyani Francesca Hilton hamda doʻsti va sobiq hamkasbi Eddi Albertdan bir necha metr narida dafn etilgan.
Remove ads
Filmografiyasi
Manbalar
Havolalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads