Flynas
From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Flynas (arabcha: طيران ناس), flynas deb ham yoziladi, ilgari Nas Air, Saudiya Arabistonining lou-koster aviakompaniyasi boʻlib, birinchi budjet sinfidagi aviakompaniyasidir. Kompaniyaning bosh ofisi Ar-Riyodda joylashgan[3].
Remove ads
Tarixi
Nas Air va Sama Airlines budjet aviakompaniyalari hukumatdan litsenziyalarini olguniga qadar Saudi Arabian Airlines 2006-yilgacha mamlakatdagi yagona aviakompaniya edi. Nas Air 2007-yilda tashkil etilgan. Parvozlar oʻsha yilning fevral oyida boshlangan. 2007-yil oxirida Nas Air Airbus A320 oilasining 20 ta samolyotini sotib olish boʻyicha buyurtma berdi.
2013-yil noyabr oyida kompaniya oʻz nomini Nasairdan Flynasga oʻzgartirdi. 2017-yil yanvar oyida Flynas 80 ta Airbus A320neo oilasi samolyotlariga buyurtma berish boʻyicha shartnoma imzoladi[4]. 2018-yil noyabr oyida Flynas birinchi Airbus A320neo oilasidagi samolyotini qabul qildi[4]. Shartnomada samolyotlar 2018-yildan 2026-yilgacha yetkazib berilishi koʻzda tutilgan. 2023-yil iyun oyida Flynas 30 ta Airbus A320neoga buyurtma berdi, aviakompaniyaning Airbus bilan umumiy buyurtmalari sonini 120 ta A320neo samolyotiga, shu jumladan 10 ta A321XLRga yetkazdi[5].
Remove ads
Korporativ faoliyati
Egaligi
2014-yil oktyabr holatiga koʻra, Flynas aksiyalari nazorat paketi National Airline Services Holding (63%)da, qolgan ulush esa Kingdom Holdingga tegishli.
Parvoz manzillari
2023-yil sentyabr oyi holatiga koʻra, Flynas 99 ta marshrut boʻyicha 54 ta yoʻnalishga xizmat koʻrsatadi. Aviakompaniya Ar-Riyod, Dammom, Jidda va Madina aeroportlaridan parvozlarni tashkillashtiradi.
Misrdagi Asyut va Sharm al-Shayx shaharlariga aviatashuvchining dastlabki parvozi 2009-yilda boshlangan, Sharm al-Shayxga dastlab mavsumiy asosda parvozlar amalga oshirilgan. 2011-yilda aviakompaniya Turkiyaning uchta shahri: Adana, Antokiya va Istanbulga parvozlarni boshladi. Shuningdek, oʻsha yili Lohur shahri Karachidan keyin aviakompaniya uchadigan Pokistonning ikkinchi shahriga aylandi. 2013-yil fevral oyida, Dammomdan Yanbuga parvozlar boshlandi. Shuningdek, oʻsha oyda aviakompaniya Dammomdan Xartumga parvoz qila boshladi, Sudan poytaxti aviakompaniyaning Saudiya shahri bilan bogʻlangan birinchi xalqaro yoʻnalishiga aylandi[6].
2014-yil fevral oyida, Flynas Global Flight Routes dasturini taqdim etdi. Dastur Jidda va Afrika, Osiyo va Yevropa yoʻnalishlari oʻrtasidagi reyslar uchun yoʻlovchilarga arzon narxlarni taklif qilishga hamda Saudiya Arabistoniga diniy sayyohlarni tashishga moʻljallangan. 2014-yil mart oyida, Flynas Portugaliyaning Hi Fly aviakompaniyasidan ijaraga olingan uchta Airbus A330 samolyotlarining birinchisini roʻyxatdan oʻtkazdi. Ushbu samolyotlar, jumladan, A330-200 va A330-300 modellari uzoq masofalardagi parvozlar uchun ishlatiladi. Aviakompaniya, shuningdek Airbus A350 samolyotlarini oʻz parkiga qoʻshishni rejalashtirgan.
Flynas 2014-yil aprel oyida oʻzining birinchi uzoq masofali Yevropa yoʻnalishida Jidda – London Gatvik reysi orqali Saudiya Arabistoni – Buyuk Britaniya bozoriga xizmat koʻrsatuvchi birinchi lou-koster boʻldi. Jakarta, Kuala Lumpur, Kasablanka, Manchester va Islomobod yoʻnalishida uzoq masofali qatnovlar bilan bir qatorda Karachi va Lohurga oʻrta masofali parvozlar ham rejalashtirilgan edi. Eronga parvozlar ham xuddi shu vaqtda boshlanishi kerak edi[7]. 2014-yil 7-may kuni boshlangan Manchester yoʻnalishi Buyuk Britaniyadagi ikkinchi manzilga aylandi. Qohiraga reyslar 2014-yil iyun oyida boshlandi va bu aviakompaniya oʻz xizmatlarini taklif qiladigan yettinchi manzil boʻldi. London-Gatvik—Ar-Riyod marshruti ham xuddi shu yilning 27-iyulidan boshlab yoʻlga qoʻyildi. Bir oy oʻtgach, 2014-yil avgustdan boshlab hali yoʻlga qoʻyilganiga uch oy boʻlmagan Manchester yoʻnalishida parvozlar toʻxtatilishi haqida xabar berildi. Oʻsha oyda Hindiston bozoriga birinchi parvoz Haydarobodga amalga oshirilishi, 2014-yil sentyabr esa Kojikodega qatnovlar boshlanishi kutilgan edi. Rejalar jadvaliga, shuningdek, Fransiyaga, keyinchalik Xitoy, Filippin, Nigeriya va Janubiy Afrikaga aviaqatnovlar kiritilgan edi. Flynas ham 2015-yilda AQSh bozoriga kirishi kutilgan edi. Biroq 2014-yil avgust oyi boshida Manchester aviakompaniya parvoz yoʻnalishlari roʻyxatidan olib tashlandi va oʻsha yilning oktyabr oyida aviakompaniya yomon ishlashi tufayli uzoq va oʻrta masofadagi koʻplab parvozlarni bekor qilganini eʼlon qildi[8][9]. Shuningdek, 2014-yil oktyabr oyida Al-Qosim yoʻnalishi parvoz roʻyxatiga qoʻshildi.
2015-yil aprel holatiga koʻra, yoʻlovchilar soni boʻyicha Flynasning 3 ta eng gavjum mahalliy reyslari quyidagicha: Jidda (JED) – Ar-Riyod (RUH), Dammom (DMM) – RUH va JED – DMM. Aviakompaniya Haj mavsumida ham parvozlar tashkillashtiradi.
Codeshare shartnomalari
Flynas 2012-yilda Etihad Airways bilan kodshering shartnomasi imzolagan edi, bu aviakompaniyaga Abu-Dabidan Etihad tomonidan amalga oshiriladigan bir qator reyslarga oʻz kodini joylashtirish imkonini beradi. 2016-yil may oyida aviakompaniya Pegasus Airlines bilan kodshering shartnomasini imzoladi[10].
2020-yil fevral oyida Flynas Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasiga (IATA) aʼzo boʻldi, bu aviashirkatga boshqa aʼzo aviakompaniyalar bilan „katta hamkorlik“da yordam beradi va kodshering kelishuvlari orqali ulanishni oshiradi[11].
Remove ads
Aviaparki
Joriy holati


2023-yil sentyabr holatiga koʻra, Flynas aviaparki quyidagi samolyotlardan iborat[12]:
Ilgari parvoz qilgan samolyotlar
Oʻz tarixi davomida tashuvchi quyidagi samolyotlardan foydalangan:
Remove ads
Manbalar
Havolalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads