Futbol qoidalari
From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Futbolning qisqacha tarixi
Futbol tarixi (qisqacha) Futbolning paydo boʻlishining aniq sanasi nomaʼlum, ammo aytish shuni aytish mumkinki, futbol tarixi bir asrdan[1]koʻproqqa borib taqaladi va koʻplab mamlakatlarga oʻz taʼsirini koʻrsatgan. Toʻp oʻyinlari deyarli barcha qitʼalarda mashhur boʻlgan, buni keng tarqalgan arxeologik[2] topilmalar tasdiqlaydi. Zamonaviy futbol 1860-yillarda Angliyada ixtiro qilingan.[3]
Futbol qoidalari
Oʻyin qoidalari Xalqaro futbol assotsiatsiyasi kengashi (IFAB) tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi,[4]IFABning tarkibiga FIFA (4 ovoz), shuningdek, Angliya, Shotlandiya, Shimoliy Irlandiya va Uels futbol assosiasiyalari vakillari kiradi. Rasmiy oʻyin qoidalarining eng soʻnggi ishlab chiqilgan nashri 2013-yil 1-iyun sanasi boʻlib, 17 ta qoidadan iborat:
- 1-qoida: Oʻyin maydoni[5]
- 2-qoida: Toʻp (koptok)[6]
- 3-qoida: Oʻyinchilar[7]
- 4-qoida: Oʻyinchilarning kiyinishi[8]
- 5-qoida: Hakam[9]
- 6-qoida: Boshqa oʻyin qoidalari[10]
- 7-qoida: Oʻyindan tashqari holat[11]
- 8-qoida: Oʻyinchilarning qoidabuzarliklari va notoʻgʻri xatti-harakatlari[12]
- 9-qoida: Erkin zarbalar[13]
- 10-qoida: Penalti tepish[14]
- 11-qoida: Toʻpni maydonga tushirish[15]
- 12-qoida: Darvozaga gol zarbasi[16]
- 13-qoida: Burchak zarbasi[17]
Remove ads
Futbolda penaltilar seriyasi
Raqib oʻyinchisi zarbani amalga oshirayotganda darvozabon darvozaga gol oʻtkazmaligi talab etiladi. Futbolda penaltilar seriyasi quyidagi qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi: jamoalar 11 metr masofadan raqib darvozasiga 5 marta zarba berishadi, barcha zarbalar turli oʻyinchilar tomonidan amalga oshiriladi yaʼni bir oʻyinchi ikki marta tepishi mumkin emas. Agar 5 ta zarbadan keyin penalti hisobi teng boʻlsa, jamoalar gʻolib aniqlanmaguncha penalti tepishda davom etadilar.
Oʻyindan tashqari holat
Agar oʻyinchi toʻpdan koʻra raqib darvoza chizigʻiga yaqinroq boʻlsa va raqibning ikkinchidan oxirgi oʻyinchisiga, shu jumladan darvozabonga yaqinroq boʻlsa, oʻyinchi oʻyindan tashqari holatida deb hisoblanadi.
Sariq va qizil kartochkalar
Sariq va qizil kartochkalar oʻyinchilarni qoʻpollik va sportga mos kelmaydigan xatti-harakatlari uchun hakam tomonidan beriladigan kartochkalardir. Sariq kartochka ehtiyotkor xarakterga ega va futbolchiga quyidagi hollarda beriladi:
- qasddan qoʻl toʻpi uchun;
- vaqt oʻynash uchun;
- hujumni buzish uchun;
- hushtak oldidan tepsa, jonli devordan ogohlantirishsiz chiqish (toʻgʻridan-toʻgʻri erkin zarba);
- qoʻpol oʻyin uchun;
- sportga xos boʻlmagan xatti-harakatlar uchun;
- hakam bilan nizolar, bahslangani uchun;
- simulyatsiya uchun;
- hakamning ruxsatisiz oʻyinni tark etganligi yoki oʻyinga kirganligi uchun.
Futbol qoidalarining oʻzgartirilgan yillari
1938-yildan hozirgacha oʻzgarishlar jadval asosida keltirilmoqda:
Remove ads
Manbalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads