Gangliy
From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Gangliy (qadimgi yunoncha: γάνγλιον — ganglion — tugun) — 1) nerv tuguni; nerv hujayralari, tolalari va ular atrofidagi toʻqimalar toʻplami. Vegetativ nerv sistemasida koʻproq, bosh miya va orqa miyada kamroq boʻladi; 2) boʻgʻim xaltasi devori yoki pay qinining oʻzgarishi natijasida paydo boʻladigan va ichida liqildoq moddasi boʻlgan shish. Koʻproq bilak-panja boʻgʻimining orqa (dorsal) tomonida uchraydi. Pianino chaluvchi, kir yuvuvchi, mashinkada yozuvchi kishilarda (erkaklarga nisbatan ayollarda koʻproq) kasb kasalligi sifatida uchrab turadi. Noʻxatdan yongʻoq kattaligigacha boʻladi. G. bor odamning bilagi yoki boldiri koʻpincha ish oxirida qaqshab ogʻriydi. G. oʻz-oʻzidan yoʻqolib ketishi yoki uni jarroxdik yoʻli bilan olib tashlash mumkin.

Remove ads
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads