Pianino

From Wikipedia, the free encyclopedia

Pianino
Remove ads

Pianino (italyancha: pianino — kichik fortepiano) — torli urma-klavishli musiqa cholgʻusi, fortepiano turi. Royaldan torlari, dekasi (rezonans tax-tasi) va mexanikasining vertikal joylashganligi, tovushi uncha kuchli va rang-barang boʻlmaganligi bilan farqlanadi. Pianinoning zamonaviy turi Amerikada J.I.Xokins (1800), Avstriyada M.Myuller (1801), Angliyada T.Laud (1802) yaratgan namunalari asosida yuzaga kelgan. 19-asr oʻrtalarida pianino hozirgi shakli va konstruksiyasi (choʻyan rama, ustma-ust kesishib tortilgan torlar, pastki va yuqorigi dempferli mexanika, 7 oktavali diapazon)ga ega boʻldi. Bunday pianinolar, asosan, xona (kabinet) ijrosiga moʻljallangan. Baʼzan konsert (7』/4 oktavali) pianinolari ham uchraydi[1].

Thumb
Pianino
Remove ads

Manbalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads