Goga Hidoyatov

tarixchi, professor, tarix fanlari doktori From Wikipedia, the free encyclopedia

Remove ads

Goga Hidoyatov (1930-yil 9-may — 2015-yil 10-dekabr) — tarixchi, professor, tarix fanlari doktori (1969), Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan fan arbobi. 1961—1994-yillarda Toshkent davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti) Yangi va eng yangi tarix kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan. Goga Hidoyatov oʻzbek tilidan tashqari rus va ingliz tillarini mukammal bilgan.

Qisqa faktlar Tavalludi, Vafoti ...
Remove ads

Tarjimayi holi

Toshkent shahrida ziyolilar oilasida tugʻilgan. Ota-onasi mashhur oʻzbek drama aktyorlari, SSSR xalq artistlari Abror Hidoyatov va Sora Eshontoʻrayevalardir.

Mixaill Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetida oʻqigan (1954). 1958—1961-yillarda Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi, 1959-yilda „Angliyadagi zamonaviy ishchi harakati“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1961—1994-yillarda Toshkent davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti)ning yangi va eng yangi tarix kafedrasi mudiri. 1964—1965-yillar Angliyaning Oksford universitetida „XIX asr oxirda Markaziy Osiyodagi katta kurash“ mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini yozish uchun malaka oshirgan. 1965—1967-yillarda Mixaill Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining katta ilmiy xodimi. 1967—1987-yillarda Toshkent davlat universiteti tarix fakulteti dekani. 1994—1999-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri maslahatchisi. 1994—1999-yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professori. 2005-yilda pensiyaga chiqqan.

Oilasi

Rafiqasi Bobojonova Anila Gʻulomovna (1975-yilda vafot etgan)[1], ikki nafar qizi bor: siyosatchi, tarix fanlari nomzodi Nigora Hidoyatova (1964-yilda tugʻilgan) va jamoat arbobi, tadbirkor Nodira Hidoyatova (1967-yilda tugʻilgan).

Remove ads

Ilmiy faoliyati

15 ta monografiya[2] va 100 dan ortiq maqolalari ilmiy jurnallarda nashr etilgan. Kolumbiya universiteti professori va tarixchi Edvard Ollvortning "The Modern Uzbeks" ("Zamonaviy oʻzbeklar") asarining ayrim boblarini ingliz tilidan tarjima qilgan. Shuningdek, Xilda Xukxemning Amir Temurga oid asarini ingliz tilidan rus tiliga tarjima qilgan. Oʻzbekiston Respublikasi umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 10-11-sinflariga moʻljallangan jahon tarixi darsliklari muallifi. Moskva, Pekin, Dehli, Peshovardagi ilmiy ma'ruzalarda chiqish qilgan. Manchester universiteti, J.Neru universiteti, Madras universiteti, Quddus universiteti, Kolumbiya universiteti, Merilend universiteti, Nyu-York CIty kolleji, Pekin universitetida ma’ruzalar oʻqigan.

  • „XIX asr oxirida Markaziy Osiyoda ingliz-rus munosabatlari tarixidan“ (1969-yil).
  • Tarix va mafkuraviy kurash / G. A. Hidoyatov / Toshkent : Oʻqituvchi, 1988-yil, 204 bet.
  • Zamonaviy mafkuraviy kurashning asosiy masalalari / G. A. Hidoyatov, R. T. Sarimsoqov /Toshkent. : Oʻzbekiston, 1982-yil
  • Buyuk Britaniyaning Markaziy Osiyodagi ekspansiyasi : (Pende, 1885-yil mart) / G. A. Hidoyatov; Mas’ul muharrir A. L. Narochnitskiy / Toshkent : Fan, 1981-yil
  • Markaziy Osiyoda sotsializm qurilishi va zamonaviy antikommunizm. /Toshkent : Oʻzbekiston, 1978-yil
  • Antik va oʻrta asrlarda Oʻrta Osiyoning janubiy hududlari tarixi va madaniyati: Tanlangan asarlar. Goga Abrorovich Hidoyatov. Toshkent Davlat universiteti, 1988-yil, 104 bet.
  • Vatan tarixi. G. A. Hidoyatov. „Oʻqituvchi“, 1990-yil, 303 bet

Umrining oxirlarida „Turkiy tamaddun“ kitobini yozib tugatadi.

Remove ads

Manbalar

Adabiyotlar

Havolalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads