Hazorasp tumani
From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Hazorasp tumani – Oʻzbekiston Respublikasining Xorazm viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan. Janubdan Turkmaniston, sharqdan Tuproqqalʼa tumani, shimoldan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, gʻarbdan Bogʻot tumani bilan chegaradosh. Maydoni 0,45 ming km2. Tumanda 1 shahar(Hazorasp), 8 qishloq fuqarolari yigʻini (Beshta, Boʻston, Karvak, Ovshar, Pichoqchi, Sanoat, Muxomon, Yangibozor). Markazi – Hazorasp shahri.
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Remove ads
Etimologiyasi
Tadqiqotchilarning fikriga koʻra Hazorap atamasi ikki qismga Hazor va Asp ga boʻlgan holda oʻrganadi. Yahyo Gʻulomovning fikricha, mazkur qal’ani katta dev qurgan. Dev aldash yoʻli bilan shu yerga suv ichgani keladigan mingta otni qoʻlga kiritadi va ularning qanotini kesib oʻziga oʻrgatadi. Shundan keyin bu yerni mingta ot deya atay boshlaydilar[2]. Tilshunos Y.Jumanazarovning aytishicha, Hazorasp atamasi qabila nomidan olingan. Bu yerda qadimda Hazora-os yoki Os qabilasi degan qabila yashagan. „Doʻsimov Z., Egamov X. Joy nomlarining qisqacha izohli lugʻati“ kitobida Hazorasp atamasi ikkita qismdan tashkil topgan deyilgan. Hazor-xalq nomi va -us koʻplik qoʻshimcha shaklidan iborat ekanligi aytilgan[3]. Oʻzbek tilining toponimlarining oʻquv izohli lugʻati kitobida Hazorasp atamasi Eroniy tillarda hazor(ming koʻp), osiyo(tegirmon), yop(anhor, ariq) koʻp tegirmonni yuritadigan katta ariq soʻzlarining birlashmasi deyiladi[4]. A.Nabiyev Hazorasp soʻzining maʼnosini quydagicha tushuntiradi. Hazor fors-tojik tilida ming, asp ot degan maʼnoni anglatadi. Hazorasp Xorazmning janubiy qismida joylashgan boʻlib bu yerda mingta otliq saqlangan. Dushmanlar hujumi paytida bu yerdan madad kuchlari kelgan deyiladi[5]. Hazorasp muqaddas lov qal’asi, Xorazm otashparastlar oʻlkasi, oʻt-olov, quyoshga sajda qiluvchilar mamlakatidir deyiladiK.Nurjonovning kitobida[6]. Aholi Hazorasp atamasini Hazoros yoki Hazoris deya talqin qiladi[7].
Remove ads
Tabiati
Hazorasp tumani Xorazm vohasining janubi-sharqida Amudaryo bo‘yida joylashgan. Yer yuzasi pasttekislik, sharqdan gʻarbga bir oz qiya. O‘rtacha balandligi 110-150 m. Tumanning shimoli-g‘arbiy va sharqiy chekka qismi Amudaryo terrasalaridan iborat. Janubiy chegarasi Qoraqum choʻliga tutash. Bu yerlarda choʻl relyefiga xos qum tepalari, qoldiq koʻllar (Hajjalikoʻl, Shoʻrkoʻl, Kepak, Uzunkoʻl, Qurvanak va boshqalar) bor. Iqlimi keskin kontinental, yanvarning oʻrtacha temperaturasi – 4,1°, eng past temperatura —32°. iyulniki 27°, eng yuqori temperatura 44°. Yillik yogʻin miqdori 120-150 mm. Vegetatsiya davri taxminan 200—210 kun. Tumanning shimolidan Amudaryo oqib oʻtadi. Tuman ekinzorlari Amudaryodan suv oladigan Toshsoqa, Polvon,R-8,R.Sobirov,Hazorasp kanallari va bu kanallardan chiqarilgan Atovyop,Pichoqchiyop,Juvonduryop,Yangiyop, Hassayop, Kartibi-char, Karvakyop,Ovsharyop, Muxomonyop va boshqa ariqlardan sugʻoriladi. Tuproqlari allyuvial oʻtloqi, botqoq va shoʻrxoklardan iborat. Sizot suvlari 2-5 m chuqurlikda, qish va bahorda yer yuzasiga koʻtariladi va natijada tuproq yuza qatlamida tuz toʻplanadi. Qish va bahorda tuproq yuvilib oqava suvlar tumanning janubidan oʻtgan Kattakoʻl kollektoriga borib tushadi. Yovvoyi oʻsimliklardan saksovul, roʻvak, turangʻil, tol, terak, jiyda, bugʻdoyiq, ajriq, shuvoq, semizoʻt, shoʻra, oqbosh, yulgʻun, yantoq, qamish, qoʻgʻa, yekan va boshqa oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan chiyaboʻri, quyon, tulki, boʻrsiq, nutriya, yumronqoziq, ondatra, kaltakesaklar, ilonlar; qushlardan tustovuq, birqozon, oʻrdak, gʻoz va boshqa uchraydi.Hazorasp tumanida ekoturizm va plyaj turizmi,agroturizm hamda etnoturizm va ziyorat turizmini rivojlantirish uchun juda katta salohiyat, keng imkoniyatlar hamda infratuzilmaga egadir.
Remove ads
Aholisi
Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tatar, qozoq, koreys, rus, turkman,qoraqalpoq va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholisi 215 ming kishi.Oʻrtacha aholi zichligi 1 km2ga 480 kishi. Shahar aholisi 85 ming kishi, qishloq aholisi 130 ming kishi (2025)[8].Hazorasp tumani aholi zichligi bo'yicha Xorazm viloyatida Urganch va Xiva shaharlaridan keyin 3-o'rinda,ya'ni tumanlar orasida esa,1-o'rinda turadi.
Xoʻjaligi
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads