Ijtimoiy tarmoq (film)

From Wikipedia, the free encyclopedia

Ijtimoiy tarmoq (film)
Remove ads

Ijtimoiy tarmoq (inglizcha: The Social Network) 2010-yilda ekranlarga chiqarilgan biografik filmdir. Film Facebook ijtimoiy tarmogʻining yaratilishi haqida hikoya qiladi. Filmda Facebook asoschisi Mark Zuckerberg rolini Jesse Eisenberg jonlantiradi.

Qisqa faktlar Rejissyor(lar), Prodyuser(lar) ...
Remove ads

Syujeti

2003-yil 28-oktabr. Harvard universiteti ikkinchi kurs talabasi, 19 yoshli Mark Zuckerbergni qiz oʻrtogʻi Erica Albright tashlab ketadi. Bu hodisadan soʻng, Zuckerberg yotoqxonasiga qaytib, oʻzining LiveJournal blogida Albright haqida haqoratomuz post yozadi. Soʻngra, „Facemash“ nomli vebsayt yaratadi hamda kollej maʼlumotlar bazasidagi qiz talabalar suratlarini koʻchirib olib, ularni shu saytga joylashtiradi. Saytga tashrif buyuruvchilar unga joylangan suratlarni maftunkorligiga koʻra baho berishlari mumkin boʻladi. Ushbu sayt ortidan kollej serveri ishlamay qolganidan soʻng, Markga kollej maʼmuriyati tomonidan olti oylik sinov muddati beriladi. Facemash qisqa muddat ichida ommalashib, egizaklar — Cameron va Tyler Winklevoss hamda ularning biznes hamkori Divya Narendra eʼtiboriga tushadi. Uchlik Markga „Harvard Connection“ nomli ijtimoiy tarmoq yaratishda birga ishlashni taklif etadi. Zuckerberg doʻsti Eduardo Saveringa Ivy Ligasi talabalari foydalanishi mumkin boʻlgan The Facebook nomli ijtimoiy tarmoq gʻoyasini aytadi. Saverin esa loyihaga $1 000 miqdorda moliyaviy yordam beradi va buning ortidan Zuckerberg vebsaytni yaratadi. Sayt qisqa vaqt ichida ommalashib ketadi. „The Facebook“ haqida xabar topgan egizak Winklevosslar va Narendra Zukerbergni „Harvard Connection“ vebsaytini yaratishda yordam berishini aytib, sayt gʻoyasini oʻgʻrilaganlikda ayblaydi. Ular Harvard prezidenti Larry Summersga arz qilishadi, biroq Summers na „The Facebook“ga, na Zuckerbergga biror chora koʻradi.

Remove ads

Rollarda

Remove ads

Manbalar

Havolalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads