Ilhom Sharipov

From Wikipedia, the free encyclopedia

Ilhom Sharipov
Remove ads

Ilhom Xalimovich Sharipov (oʻzbekcha: Илҳом Халимович Шарипов; 1968-yil24-fevral) — sovet va oʻzbek futbolchisi, yarim himoyachi. Hozirda murabbiy.

Vikipediyada ismi Ilhom va familiyasi Sharipov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Qisqa faktlar Shaxsiy maʼlumot, Toʻliq ismi ...
Remove ads

Tarjimai holi

Dastlab oʻz faoliyatini 1986-yilda Samarqandning „Dinamo“ jamoasida boshlagan. 1987-yilning oʻrtalarida Toshkentning „Paxtakor“ jamoasiga taklif qilingan, biroq oradan maʼlum vaqt oʻtib „Dinamo“ga qaytib, 1989-yilgacha „Dinamo“da faoliyatini davom ettirgan.

1990-yilda yana „Paxtakor“ jamoasiga oʻtadi, klubda 1995-yilgacha faoliyat yuritadi. U maydon markazida Xoren Ovannisyan, Mirjalol Qosimov va Andrey Pyatnitskiy bilan muvaffaqiyatli oʻyin namoyeish etib muhlislar olqishiga sazovor boʻlgan. 1991-yilda „Paxtakor“ tarkibida toʻp surgan vaqtida SSSR chempionati oliy ligasida oʻynagan. Jamoa oʻsha davrda yuqori yaxshi natijalarni qayd etgan. SSSR parchalanganidan soʻng, Paxtakor Oʻzbekiston chempioni va kubogi sohibi boʻldi. Keyin esa, Sharipov navbatdagi guruh almashinuvini amalga oshirib „Navbahor“ klubiga oʻtdi. Namangan klubi tarkibida ham yaxshi natijalarni qayd etdi, uning jamoasi ikkinchi bor Oʻzbekiston chempioni boʻldi.

Remove ads

Osiyo oʻyinlari

Oʻz faoliyati davomida u terma jamoa tarkibida ham toʻp surdi. Oʻzbekiston Milliy terma jamoasi 1994-yili Yaponiyada boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida munosib natijani qayd etdi. Oʻzbekiston terma jamoasi Oltin medalni qoʻlga kiritib Osiyo oʻyinlari chempioni boʻldi. 2006-yil noyabr oyida Sharipovning futbolda xayrlashuv uchrashuvi boʻlib oʻtdi[1]. U oʻyinchi sifatida faoliyatini yakunlagan boʻlsada, lekin futbolni tarak etmadi. „Paxtakor“ klubi tarkibida murabbiy boʻlib faoliyatini davom ettirdi[2].

Remove ads

Davlat mukofotlari va unvonlari

Uning sport soxasiga aynan futbolni rivojlantirish va targʻib etishda qoʻshgan hissasi hukumat tomonida yuksak baholanib, 1994-yil 5-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan — Respublikada jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishdagi xizmatlari, Xirosimada oʻtkazilgan XII Osiyo oʻyinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etganliklari uchun Oʻzbekiston terma jamoasi va murabbiylari „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan[3].

Yutuqlari

Oʻyinchi sifatida

  • Oʻzbekiston chempioni (3): 1992, 1996, 2001
  • Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori (1): 1993-yil
  • Oʻzbekiston chempionati bronza medali sovrindori (1): 1997-yil
  • Oʻzbekiston kubogi sohibi (1): 1993-yil
  • Oʻzbekiston Superkubogi sohibi (1): 1997-yil
  • Osiyo oʻyinlari chempioni (1): 1994-yil

Manbalar

Havolalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads