Islom Karimov

Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti rahnamosi From Wikipedia, the free encyclopedia

Islom Karimov
Remove ads

Islom Abdugʻaniyevich Karimov (1938-yil 30-yanvar, Samarqand shahrida oddiy xizmatchi oilasida dunyoga kelgan— 2016-yil 2-sentyabr og'ir kasallik tufayli vafot etdi. Toshkent shahri[2]) — davlat va siyosat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti. Oʻzbekiston Qahramoni (1994)[3]. Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qoʻmondoni va 2007-yilgi prezidentlik saylovlari gʻolibi, 2015-yilgi prezidentlik saylovlari gʻolibi. Oʻzbekiston mustaqilligi eʼlon qilingunga qadar OʻzSSR kommunistik partiyasi birinchi kotibi. 1991-yildan umrining oxiriga qadar Oʻzbekiston Prezidenti. Islom Karimov boshchiligida Oʻzbekiston oʻzining Konstitutsiyasiga ega boʻldi, BMTda tan olindi va MDH davlatlari bilan teng huquqli aloqalarni olib borgan.

Vikipediyada ismi Islom va familiyasi Karimov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Qisqa faktlar Oʻzbekiston Prezidenti, Hukumat boshligʻi ...
Remove ads

Hayoti va faoliyati

Islom Karimov Samarqandda xizmatchi oilasida tugʻilgan. Oʻrta Osiyo politexnika instituti (1960), Toshkent xalq xoʻjaligi institutini (1967) tugatgan.

Mehnat faoliyati

Mehnat faoliyatini 1960-yilda Toshkent qishloq xoʻjaligi mashinasozligi („Tashselmash“) zavodida master yordamchiligidan boshladi. Soʻng mazkur korxonada master, texnolog. 1961-yildan 1966-yilgacha V. P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida muhandis, yetakchi muhandis-konstruktor boʻlib ishladi. 1966-yilda Oʻzbekiston Davlat plan komitetiga ishga oʻtib, bosh mutaxassislikdan respublika Davlat plan komiteti raisining birinchi oʻrinbosarigacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtdi. 1983-yildan Oʻzbekiston SSR Moliya vaziri, 1986-yildan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti raisining oʻrinbosari — respublika Davlat plan komitetining raisi. 1986—1989-yillarda Oʻzbekiston KP Qashqadaryo viloyat komitetining birinchi kotibi, 1989-yil iyunidan Oʻzbekiston KP MK birinchi kotibi. 1990-yil 24-martda Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining sessiyasida Islom Karimov Oʻzbekiston SSR Prezidenti etib saylandi.

Siyosiy faoliyati

1991-yil 31-avgustda Karimov tarixiy voqea — Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini eʼlon qildi. 1991-yil 29-dekabrda muqobillik asosida oʻtkazilgan umumxalq saylovida Karimov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. 1995-yil 26-martda boʻlib oʻtgan umumxalq referendumi yakunlariga koʻra, Karimovning Prezidentlik vakolati 2000-yilga qadar uzaytirildi. 2000-yil 9-yanvarda u muqobillik asosida Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti etib qayta saylandi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 89- va 93-moddalariga muvofiq, Karimov ayni vaqtda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Raisi (1990—1992), Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qoʻmondonidir.

Ilmiy faoliyati

Karimov Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi (1994), shuningdek, iqtisod, fan, taʼlimni rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun oʻndan ortiq xorijiy mamlakat universitet va akademiyalarining faxriy fan doktori, professor hamda akademikligiga saylangan. Uning

  1. „Oʻzbekistonning oʻz istiqlol va taraqqiyot yoʻli“ (1992),
  2. „Yangi uy qurmay turib, eskisini buzmang“ (1993),
  3. „Oʻzbekiston — bozor munosabatlariga oʻtishning oʻziga xos yoʻli“ (1993),
  4. „Bizdan ozod va obod Vatan qolsin“ (1994),
  5. „Istiqlol va maʼnaviyat“ (1994),
  6. „Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir“ (1995),
  7. „Oʻzbekiston XXI asr boʻsagʻasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari“ (1997),
  8. „Barkamol avlod orzusi“ (1998),
  9. „Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari“ (1998),
  10. „Tarixiy xotirasiz kelajak yoʻq“ (1998),
  11. „Olloh qalbimizda, yuragimizda“ (1999),
  12. „Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot — pirovard maqsadimiz“ (2000),
  13. „Tinchlik uchun kurashmoq kerak“ (2001),
  14. „Oʻzbekistonda demokratik oʻzgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yoʻnalishlari“ (2002)
  15. Yuksak ma'naviyat–yengilmas kuch (2008)

va boshqa asarlarida iqtisodiyot, ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotning dolzarb masalalari tadqiq qilingan, Oʻzbekistonning ichki va tashqi siyosati ilmiy asoslab berilgan, hozirgi va istiqboldagi vazifalar koʻrsatib oʻtilgan. Uning Yevropa va Osiyoda asarlari ingliz, rus, fransuz, ispan, nemis, hind, xitoy, arab, koreys, turk va boshqa xorijiy tillarga tarjima qilinib, bir necha bor nashr etilgan.

Remove ads

Xorijiy davlatlarga tashriflar

Quyida O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezident Islom Karimovning davlat rahbari sifatida xorijiy davlatlarga qilgan rasmiy tashriflari keltirilgan[4]:

Batafsil maʼlumot #, Davlat ...
Remove ads

Mukofotlari

Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimovning davlat mukofotlari[7].

Oʻzbekiston

Batafsil maʼlumot #, Mukofot ...

Sovet davridagi davlat mukofotlari

Batafsil maʼlumot #, Mukofot ...

Chet el davlatlari mukofotlari va faxriy unvonlari

Batafsil maʼlumot #, Davlat/Tashkilot va uning mukofoti ...
Remove ads

Vafoti

Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov 2016-yil 2-sentyabrida Toshkent vaqti bilan soat 20:55 da Toshkent shahrida bosh miyada qayta tiklanmaydigan oʻzgarishlarga va poliorgan yetishmovchiligiga olib kelgan miya qon aylanishining oʻtkir buzilishi (insult) oqibatida vafot etdi[10].

Oilasi

  • Otasi — Abdugʻani Karimov, (1894—1967) Samarqand shahridagi fabrikada ishchi boʻlgan[11].
  • Onasi — Sanobar Karimova, (1902—1982) Samarqand shahridagi fabrikada ishchi boʻlgan.
  • 1965-yilda millati ukrain boʻlgan Natalya Petrovna Kuchmaga uylangan. 1970-yilda ajrashgan. Bu nikohdan Pyotr ismli oʻgʻli bor[12].
  • Opasi — Karimova Mexriniso Abduganievna (1920-yil tugʻilgan).
  • Akasi — Karimov Omonullo Abduganievich (1922-yil tugʻilgan).
  • Akasi — Karimov Ibod Gʻaniyevich (1926—2015), professor.
  • Akasi — Karimov Arslon Abduganievich (1931—1989).
  • Akasi — Karimov Ikrom Abduganievich (1933—1976).
  • Akasi — Karimov Quddus Gʻaniyevich, (1934—1995), professor.
  • Ukasi — Karimov Xurshid Abduganievich (1941—2009).
  • 1971—2016-yillar oraligʻida Tatyana Akbarovna Karimova bilan nikohda.
  • Qizi — Gulnora Karimova, diplomat. 2015-yilda moliyaviy jinoyatlarda ayblanib, 5 yilga qamalgan. Turmush oʻrtogʻi Mansur Maqsudiy, tadbirkor. 2 nafar farzandi bor: oʻgʻli Islom va qizi Imon.
  • Qizi — Lola Karimova-Tillayeva, diplomat. Oʻzbekistonning UNESCOdagi doimiy vakili sifatida ishlagan. Turmush oʻrtogʻi — Tillayev Timur Hakimovich, tadbirkor. 3 nafar farzandi bor: oʻgʻli Umar, qizlari Maryam va Safiya.
Remove ads

Xotirasi

Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 25-yanvardagi qaroriga[13] asosan, quyidagilar:

  • 2016-yil oktyabr oyida Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi tuzildi;
  • Toshkent shahri, Yashnobod tumanining Fargʻona yoʻli koʻchasida joylashgan jome masjidga „Islom ota jomeʻ masjidi“ deb nom berildi;

Shuningdek:

  • „Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimov siymosi tasvirlangan haykalni yaratish boʻyicha xalqaro ijodiy tanlovni tashkil etish toʻgʻrisida“gi qaror qabul qilindi.
  • Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning xotirasini abadiylashtirish chora-tadbirlari rejasini oʻrnatilgan tartibda ishlab chiqildi.

Shu munosabat bilan:

  • Samarqand shahrida Islom Karimov dafn etilgan hududda yodgorlik majmuasini barpo etish;
  • Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimov siymosini yaratish boʻyicha xalqaro ijodiy tanlovda gʻolib deb topilgan haykallarni Toshkent shahrida, Samarqand shahrida va u kishi birinchi rahbar boʻlib ishlagan Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida oʻrnatish;
  • Toshkent shahridagi Oqsaroy qarorgohida Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasini tashkil etish va Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondini ham ushbu manzil boʻyicha joylashtirish[14];
  • Samarqand shahrida Islom Karimov muzeyini tashkil etish;

Quyidagi muassasa va obyektlarga:

  • Toshkent davlat texnika universitetiga;
  • Asakadagi avtomobil zavodiga;
  • Fargʻona shahridagi Sanʼat saroyiga;
  • Toshkent xalqaro aeroportiga;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi markaziy koʻchalarga (mahalliy davlat hokimiyati organlari takliflari asosida) Islom Karimov nomini berish;
  • har yili 30-yanvar kunini keng nishonlash, 2-sentyabr kunini Xotira kuni sifatida yod etish;
  • oliy oʻquv yurtlari talabalari uchun Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasini joriy etish;
  • Islom Karimovning hayoti va faoliyati haqida ilmiy va badiiy asarlar, hujjatli va badiiy filmlar yaratish;
  • Islom Karimov siymosi aks ettirilgan maxsus pochta markalarini chiqarish haqida koʻrsatmalar berildi.

2018-yil 17-oktyabrda Moskva shahridagi Oʻzbekiston elchixonasi yonida, Islom Karimov nomli xiyobon tashkil etilib, uning markazida Karimovning haykali oʻrnatildi[15].

Remove ads

Adabiyot

  • Eʼtirof (oʻzbek, ingliz, rus tillarida), T., 1995;
  • Oʻzbekistonning yangi tarixi, 3-j. (Mustaqil Oʻzbekiston tarixi), T., 2000;
  • Islom Karimov — Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti (fotoalbom; oʻzbek, ingliz, rus tillarida), T., 1998;
  • Levitin L., Karlayl D. S, Islom Karimov — yangi Oʻzbekiston Prezidenti, T., 1996;
  • Levitin L., Uzbekistan na istoricheskom povorote, M., 2001;
  • Seriya vojdi narodov — XX vek, M., 1996;
  • Murod Sharifxoʻjayev. Formirovanie otkritogo grajdanskogo obщestva v Uzbekistane, T., 2002;
  • Amerikaga tashrif — Vizit v Ameriku, T., 2002[16].
Remove ads

Manbalar

Havolalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads