Islom Qobilov

From Wikipedia, the free encyclopedia

Remove ads

Islom Ilhom oʻgʻli Qobilov (inglizcha: Islomzhon Kobilov; 1997-yil 1-iyulda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik futbolchi, Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ jamoasida himoyachi pozitsiyasida oʻynaydi[1].

Vikipediyada ismi Islom va familiyasi Qobilov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Qisqa faktlar Shaxsiy maʼlumot, Toʻliq ismi ...
Remove ads

Futbolchilik faoliyati

Klub

U Oʻzbekiston Superligasidagi debyutini 2016-yilning 11-mart kuni Bekobodning „Metallurg“ jamoasi tarkibida „Mashʼal“ klubiga qarshi oʻyinda (1:3) oʻtkazgan edi.

2017-yilning 26-iyul kuni „Bunyodkor“ klubi Qobilov Bekobodning „Metallurg“ klubiga ijara shartnomasi asosida qaytganini eʼlon qilgan[2].

2021-yildan „Lokomotiv“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan[3]. 2023-yilgi mavsum yakunida „Lokomotiv“ jamoasi bilan shartnoma yakunlanganidan soʻng klubni tark etgan. 2024-yilgi mavsum oldidan Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan[4].

Remove ads

Faoliyat statistikasi

Klub

2018-yil 30-mart xolatiga koʻra natijalar toʻgʻri[5]
Batafsil maʼlumot Klub, Mavsum ...

Xalqaro

Islom 2018-yilning 19-may kuni Eronga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (1:0) Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida debyut qilgan. 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar bilan 2018-yilda oʻz toifasida Osiyo Kubogini qoʻlga kiritgan. 2020-yilda oʻtkazilgan AFC U-23 Osiyo kubogida himoyachi boʻlishiga qaramay 3 ta gol bilan toʻpurarlardan biri boʻlgan[6].

Batafsil maʼlumot Oʻzbekiston terma jamoasi, Yil ...

2022-yil 27-yanvar kuni oʻtkazilgan oʻyindagi aniq statistika[7]

Remove ads

Yutuqlar

Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibi: 2023

Xalqaro

Oʻzbekiston U-23

Shaxsiy hayoti

Islom Qobilov sobiq futbolchi, 1996-yilgi Qirgʻiziston chempionati toʻpurari Ilhom Zaylobiddinovning oʻgʻlidir.

Manbalar

Havolalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads