Jahongir Poziljonov
Oʻzbekistonlik xonanda, aktyor, rejissyor va ssenariychi From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Jahongir Poziljonov (1978-yil 4-mart, Toshkent, OʻzSSR) — oʻzbek xonandasi, aktyori, rejissyori va ssenariynavisi. „Bojalar“ guruhining solisti.
- Vikipediyada ismi Jahongir va familiyasi Poziljonov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Remove ads
Hayoti
Jahongir Poziljonov 1978-yil 4-martda Toshkent shahrida oshpazlar oilasida tavallud topgan[1][2]. Otasi G‘ayratjon oshpaz boʻlib[3], davlat tadbirlarida katta qozonlarda ham osh qilgan. Yoshligida u otasi bilan toʻylarga borib, unga yordamlashib yurgan. U shoʻxligi sababli oʻrta maktabda oʻqib yurganida 5-6 marta militsiyaga olib borishgan, maktabdan haydash haqida ogohlantirishgan. Bundan tashqari u 14 yoshidan mustaqil pul topishgan intilgan. 1992-yildga kelib otasining maslahati bilan oshpazlik kollejiga oʻqishga kirgan. Bu orada u „Quvnoqlar va zukkolar“ga qatnashib yurib, shu orqali Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti talabasi Moʻmin Oripov bilan tanishib qolgan[4] va u ham shu institutga oʻqishga kirgan. Ijodiy imtihonlarga tayyorgarlik koʻrishda esa Moʻmin Oripov yordam bergan. Insititutda Shuhrat Abbosov qoʻlida rejissyorlik mutaxassisligi boʻyicha tahsil olgan. Tohir Sodiqov bilan tanishishi uni hayotida katta burilish yasagan. Ilk qoʻshigʻi uchun akasi sarmoya kiritgan[5].
Bundan tashqari u Jahongir Ortiqxo‘jayevning „Akfa-media“ prodyuserlik kompaniyasi bilan 8 yil hamkorlikda ijod qilgan va unga kompaniya rahbari Toyota Prado avtomobilini sovgʻa qilgan.
Oilasi
Jahongir Poziljonovning otasi G‘ayratjon[3], onasi Mapuraxon aya 2015-yilda vafot etgan[6]. U „Boyvachcha“ filmini tasvirga olish jarayonida boʻlajak rafiqasi bilan tanishib qoladi[5]. Toshkent tibbiyot akademiyasi talabasi Dildora dugonalari bilan filmda epizod rol oʻynash uchun kelgan boʻladi[7]. Bu juftlik 2008-yilda oila qurishadi[8] va ularning hozirda 5 farzandi, 2 oʻgʻil va 3 qizlari bor[9][10]. Katta oʻgʻliga Gʻayratjon deb otasining ismini, yana bir oʻgʻliga esa Moʻmin Oripovning ismini qoʻygan[3]. Toʻngʻich qiziga Rayhon deb ism qoʻygan[11].
Avtohalokat
2009-yilda „Bojalar“ guruhi Termizda konsert dasturini oʻtkazib, ortga qaytish paytida avtohalokatga uchragan. Shu joyning oʻzida Moʻmin Oripov vafot etgan, Jahongir Poziljonov esa oʻgʻir ahvolda shifoxonaga olib borilgan va bir necha kun koma holatida boʻlgan[5]. Oʻziga kelganida ham sogʻligʻini tiklash qiyin kechgan va oyogʻi singanligi uchun ancha paytgacha oqsoqlanib yurgan[12].
Remove ads
Faoliyati
Xonandalik faoliyati
2014-yilda Botir Aliyev soʻzi va Eldor Qayumov musiqasi bilan kuylagan „Toʻylar muborak“ qoʻshigʻi „Yil qoʻshigʻi – 2014“ mukofotiga loyiq topilgan[13]. U faoliyati davomida koʻplab xonandalar bilan deut kuylagan. Jumladan, Nilufar[14], Orolmirzo Safarov[15], Rayhon[16], Ulugʻbek Rahmatullayev[17], Shahzoda[18], Qilichbek Madaliyev[19] va boshqalar.
Uning qoʻshiq va kliplarini ommabop boʻlsada, 2018-yilda Dilafroʻz Hayitmetova bilan ijro qilgan „Mehmonim“ qoʻshigʻi O‘zbekkonsert tomonidan televideniyeda koʻrsatilishiga ruxsat berilmagan[20]. Bundan tashqari u Shavkat Mirziyoyevga atab qoʻshiq ijro qilgan[21]. Bir qancha vaqtdan soʻng bu qoʻshiq boʻyicha O‘zbekkonsert surishtiruv ishlarini boshlagan[22]. „Oʻzbekkonsert“ davlat muassasasi rahbari Odil Abduqahhorov esa quyidagicha fikr bilgirgan:[23]
Ushbu qoʻshiq Zoʻr TV kanali bilan hamkorlikda olingan va keng jamoatchilik noroziligiga sabab boʻldi. Prezidentimiz sanʼatkorlarning reklamasiga muhtoj emas. Davlatimiz rahbarining amaliy ishlari sabab, butun dunyo tan olmoqda. Biz bugun J. Poziljonovga indamasak, ertaga boshqasi ham shunaqa qoʻshiq aytib chiqishi mumkin. Kimgadir yaxshi koʻrinishni istayotganlar xalq uchun xizmat qilib, oʻz ishini mas`uliyat bilan qilsin.
Diskografiyasi
Filmlardagi faoliyati
Jahongir Poziljonovning ilk roli rejissyor Rustam Saʼdiyevning 2004-yilgi „Muhabbat sinovlari 2“ filmida boʻlgan, lekin koʻpchilik uni „Sevinch“ filmidagi roli bilan tanigan[34].
Remove ads
Manbalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads