Ján Kozák

From Wikipedia, the free encyclopedia

Remove ads

Yan Kozak (1980-yil 22-aprelda tugʻilgan) — slovakiyalik futbol murabbiyi va sobiq futbolchi.

Qisqa faktlar Shaxsiy maʼlumot, Tavallud sanasi ...
Remove ads

Klublardagi karyerasi

Yarim himoyachi Kozak 2003-yilda Bratislava safiga qoʻshildi. 2004-2005-mavsumida klub bilan Korgon Ligada gʻolib chiqdi. U mavsumda 34 ta oʻyinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi.

2005-2006-yillarda u klub safida 11 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi, 2006-yil yanvarida "Vest Bromvich"ga oʻtdi. 2006-yilning 4-fevralida „Albion“ safida debyut qildi va „Blekbern Rovers“ga qarshi Premyer-liga oʻyinida Geoff Horsfield oʻrniga maydonga tushdi.

„Poli Timishoara“ safida debyutini „Gloria Bistrita“ jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. 2010-yil 21-iyulda klubdan ketdi.

Jan Kozak oʻz faoliyatini Avstriya ikkinchi ligasida yakunladi[1].

Remove ads

Xalqaro karyera

Slovakiya terma jamoasi safida 2004-yil 30-noyabrda Vengriyaga qarshi oʻyinda 1:0 hisobida gʻalaba qozongan[2].

Kozak Yevro-2008 saralashida va 2010-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashida oʻynagan. Slovakiya terma jamoasining 2010-yilgi jahon chempionatidagi tarkibiga kirgan.

Murabbiylik martaba

2015-yil 1-avgustda „Slovan Bratislava B“ klubi bosh murabbiyi boʻldi. 2019-yilning iyul oyida asosiy jamoaning vaqtinchalik bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. Vaqtinchalik murabbiy sifatida muvaffaqiyatli faoliyat olib borganidan soʻng, Kozak 2019-yilning avgustida doimiy asosda bu vazifaga tayinlandi[3]. Keyinchalik „Slovan“ bilan Yevropa Ligasi guruh bosqichiga yoʻl oldi va Slovakiya dublini qoʻlga kiritdi. 2020-yilning sentyabr oyida klub tomonidan ishdan boʻshatildi[4].

Shaxsiy hayoti

Kozakning otasi ham sobiq futbolchi. U Chexoslovakiya terma jamoasida 55 oʻyin oʻtkazgan va Slovakiya terma jamoasini ham boshqargan. Uning jiyani Filip Lesniak ham professional futbolchi.

Footgolf

Footgolfchi sifatida u Argentinada boʻlib oʻtgan 2016 yilgi futbol boʻyicha Jahon kubogida bronza medalini qoʻlga kiritdi[5][6][7].

Karyera statistikasi

Batafsil maʼlumot T/r, Sana ...

Yutuqlar

Oʻyinchi

MFK Kosiche

  • Korgon ligasi: 1997-1998,

Artmedia Petržalka

  • Korgon liga : 2004-2005, 2007-2008
  • Slovakiya kubogi : 2003-2004, 2007-2008

Slovan Bratislava

  • Korgon ligasi: 2009-2010

Bunyodkor FK

Menejer

Slovan Bratislava

  • Fortuna Liga: 2019-20
  • Slovnaft kubogi: 2019-20

Individual

  • Slovakiyada yil murabbiyi: 2019

Manbalar

Havolalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads