Oʻzbekiston Kubogi
Oʻzbekistondagi futbol turniri From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Futbol boʻyicha Oʻzbekiston Kubogi (Футбол бўйича Ўзбекистон кубоги) – Oʻzbekiston Professional futbol ligasi tomonidan tashkillashtiriladigan, futbol boʻyicha har yili oʻtkaziladigan milliy kubok musobaqasi.
Guruh bosqichi, Pley-off bosqichi va finaldan iborat. Guruh bosqichi aprel-may oylarida, Pley-off bosqichi iyun-sentyabr oylarida, final oʻyini esa sentyabr oxiri yoki oktyabr boshlarida boʻlib oʻtadi.
1992-yildan beri oʻtkaziladi. Oʻzbek futboli miqiyosidagi eng uzoq yillik tarixga ega musobaqa hisoblanadi. Oʻzbekiston mustaqilligi davrida birinchi kubok sohibi Namanganning „Navbahor“ klubi, oxirgisi Andijonning „Andijon“ klubi hisoblanadi.
Oʻzbeksiton Kubogi gʻoliblari OFK Chempionlar Ligasida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritadi. Agar Oʻzbekiston kubogini Superliga Chempioni qoʻlga kiritgan boʻlsa, u holda Oʻzbekiston Superligasidagi 2-oʻrinni olgan klubga OFK Chempionlar Ligasida ishtirok etish imkoniyati beriladi.
„Paxtakor“ 13 marta Oʻzbekiston kubogi sohibi boʻlgan musobaqadagi eng muvaffaqiyatli klub hisoblanadi. Ikkinchi oʻrinda „Bunyodkor“ — 4 ta, „Navbahor“, „Nasaf“ va „Lokomotiv“ klublari 3 tadan kubok bilan uchinchi oʻrinda[1][2].
Remove ads
Finallar tarixi
Eng koʻp gol urilgan oʻyin 2001—2002-yilgi mavsumda „Paxtakor“ jamoasining „Neftchi“ jamoasiga qarshi oʻyinida 6:3 hisobida qayd etilgan[3].
Kubok finallarida 3 marta penaltilar seriyasiga, 9 marta qoʻshimcha vaqtlarga murojaat qilingan. Finallarda jami 81ta toʻp (penaltilar seriyasidan tashqari) darvozalarga kiritilgan. Final uchrashuvlariga jami 287 048 tomoshabin tashrif buyurgan[4].
Oʻzbekiston Kubogi finallari tarixidagi eng soʻnggi gol muallifi – Vladimir Bubanja hisoblanadi[5].
Stadionlar

Eng koʻp finalga mezbon boʻlgan stadion: Paxtakor markaziy stadioni – 18 marta. 2014-yildan buyon finallar boshqa stadionlarda oʻtkazilmoqda. Dinamo – 3, MHSK – 2, Istiqlol – 2, Bunyodkor – 1, Navbahor – 1 Soʻgʻdiyona – 1, Lokomotiv – 1, OKMK – 1, Buxoro – 1 martadan mezbon boʻlgan.
Eng koʻp tomoshabin kelgan final: 1999/2000-yilgi mavsumda „Doʻstlik“ – „Samarqand“ oʻyiniga 30 ming tomoshabin kelgan.
Remove ads
Yillar boʻyicha gʻoliblar
Oʻzbekiston Kubogi gʻoliblari |
---|
Final uchrashuvlari
Remove ads
Sovrindor klublar
Hakamlar
Ilk finalda (1992-yil) hakam Gali Imomov boʻlgan.
Oʻzbekiston kubogi finallarida ishlash borasida mundiallar rekordchisi Ravshan Ermatov hisoblanadi. Uning hisobida 5 ta final bor. Keyingi pogʻonaga 4 tadan oʻyin bilan Gali Imomov hamda Noil Lutfullin yozilgan. Rustam Saidov va Marat Ismoilov hisobida 2ta oʻyin bor. Ravshan Ermatov qatorasiga 5 marta finallarda ishlash boʻyicha ham mutlaq rekordchi hisoblanadi. 2010—2013-yilgi mavsumlar hal qiluvchi bahslarining barchasini Ermatov boshqargan.
2 bor chet ellik hakamlar ishlagan. 2014-yilgi final oʻyinini Kim Dong-jin (Janubiy Koreya) boshqargan. 2017-yilgi final bahsida BAA vakili Muhammad Abdulla Hasan ishlagan.
Finallarda eng koʻp sariq kartochka Ravshan Ermatovning choʻntagidan chiqqan (20 marta) boʻlsa, qizil kartochka koʻrsatish borasida Gali Imomov hamda Noil Lutfullin yetakchi boʻlgan (3 tadan). Penalti belgilash boʻyicha Temur Toʻxtasinov yetakchi[9].
Oʻzbekiston kubogi final oʻyinida ishlagan hakamlar roʻyxati (Yillar va eng koʻp hakamlik boʻyicha)
- Ravshan Ermatov (2010, 2011, 2012, 2013, 2015)
- Gali Imomov (1992, 1995, 1998, 2000)
- Noil Lutfullin (1993, 2003, 2006, 2007)
- Rustam Saidov (2001, 2002)
- Marat Ismoilov (2008, 2009)
- Doniyor Osimov (1994)
- Rashid Aytekov (1996)
- Sardor Najafaliyev (1997)
- Dmitriy Roman (2004)
- Gʻayrat Karimov (2005)
- Kim Dong Jin (Janubiy Koreya, 2014)
- Vladislav Seytlin (2016)
- Muhammad Abdulloh Hasan Muhammad (BAA, 2017)
- Temur Toʻxtasinov (2018)
- Sherzod Qosimov (2019)
- Zokir Qodirov (2020)
- Xolid Solih at-Turays (2024)
- Vadim Agishev (2022)
- Aziz Asimov (2023)
- Axrol Risqullayev (2021)
Remove ads
Eng yaxshi toʻpurarlar
Umumiiy Kubok tarixidagi eng yaxshi toʻpurarlar
Qalin belgi faol oʻyinchini bildiradi.
Finallar tarixidagi eng yaxshi toʻpurarlar
Remove ads
Yana qarang
Manbalar
Havolalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads