Java Development Kit

From Wikipedia, the free encyclopedia

Remove ads

Java Development Kit(JDK) Oracle korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan Java texnologiyasining distributsiyasidir. U Java tili spetsifikatsiyasi(JLS) va Java virtual mashina spetsifikatsiyasini (JVMS) qoʻllaydi va Java dasturlash interfeysining(API) standart nashrini (SE) taqdim etadi. Bu Oracle tomonidan tashkil etilgan OpenJDK hamjamiyatining loyihasidir[1]. Ushbu toʻplam Java ilovalari bilan ishlash uchun dasturiy taʼminotni taqdim etadi. Misol uchun, Java dasturchilari uchun zarur boʻlgan virtual mashina, kompilyatorlar, samaradorlikni monitoring qiluvchi asbob-uskunalar va shu kabi boshqa zaruriy utilitlarni oʻz ichiga olgan.

Qisqa faktlar Ishlab chiquvchi, Operatsion tizim ...

Oracle ushbu dasturiy taʼminotni hozirgi versiyasini Oracle No-Fee Terms and Conditions(NFTC) litsenziyasi ostida ishlab chiqarmoqda. Oracle distributsiyani hozirda x86-64 arxitekturasidagi Windows, Linux, macOS operatsion tizimlari, hamda aarch64 arxitekturasidagi macOS va Linux tizimlari uchun ishlab chiqadi. Eskiroq versiyalari esa Oracle Solaris operatsion tizimi va SPARC arxitekturasini qoʻllab quvvatlaydi.

Shuningdek, Oracle JVMS ning asosiy implementatsiyasi HotSpot(virtual mashina) nomi bilan ham tanilgan.

Remove ads

JDK tarkibi

JDK oʻzining asosiy komponentlari sifatida quyidagi dasturlash vositalari toʻplamiga ega, jumladan:

  • appletviewer bu vosita Java ilovalarini veb-brauzersiz ishga tushirish va test qilish uchun ishlatilishi mumkin.
  • apt annotatsiya uskunasi [2]
  • extcheck JAR faylidagi konfliktlarni aniqlaydigan yordamchi dastur
  • idlj IDL dan Java-ga oʻtkazuvchi kompilyator. Ushbu yordamchi dastur Java IDL faylidan Java bogʻlanmalarini yaratadi.
  • jabswitch Java Access Bridge(oʻzb. Java Kirish Koʻprigi) hisoblanadi va Microsoft Windows tizimlaridagi assistant uskuna va texnologiyalarni ishga tushirib beradi.
  • java Java ilovlalari uchun yuklovchi dastur. Ushbu vosita mashina tarjimoni boʻlib, javac kompilyatori tomonidan yaratilgan klass fayllarini tarjima qilib beradi. Ushbu dastur yordamida ishlab chiqish va ishga tushirish jarayonlarini birgalikda amalga oshirish mumkin.
  • javac Java kompilyatori hisoblanib, dastur kodini Java bayt kodiga oʻgiradi
  • javadoc manba kodidan avtomatik ravishda yaratilgan dokumentatsiyalar generatori
  • jar tegishli klass kutubxonalarini bitta JAR fayliga toʻplaydigan arxivator. Ushbu vosita JAR fayllarini boshqarishga ham yordam beradi.
  • javafxpackager JavaFX ilovalarini paketlash va imzolash uchun vosita
  • jarsigner jar imzolash va tekshirish vositasi
  • javah nativ metodlar yozish uchun ishlatiladigan C header va stub generatori.
  • javap klass faylini qismlarga ajratuvchi vosita.
  • javaws JNLP ilovalari uchun Java Web Start ishga tushiruvchisi.
  • JConsole Java monitoringi va boshqaruv konsoli.
  • jdb xatoliklarni tuzatuvchi yordamchi dastur.
  • jhat Java Heap tahlil vositasi (eksperimental).
  • jinfo Ushbu yordamchi dastur ishlayotgan Java protsessidan yoki ishdan chiqqan dumpdan konfiguratsiya maʼlumotlarini oladi. (eksperimental)
  • jmap Oracle jmap – Xotira xaritasi Ushbu yordamchi dastur Java uchun xotira xaritasini chiqaradi va umumiy obyekt xotira xaritalarini yoki maʼlum jarayon yoki yadro toʻplamining yigʻma xotira tafsilotlarini chop etishi mumkin. (eksperimental)
  • jmc Java Mission Control
  • jpackage dastur toʻplamlarini yaratish uchun vosita. (eksperimental)
  • jps Java Virtual Machine Process Status Tool asbobi hisoblanib, aniq tizimda moslashtirilgan HotSpot Java Virtual Machines (JVMs) roʻyxatlarini koʻrsatadi. (eksperimental)
  • jrunscript Java buyruqlar qatorining skript shell-i hisoblanadi.
  • jstack Java oqimlarining Java steklarini chop etuvchi yordamchi dastur (eksperimental).
  • jstat Java virtual mashinasi statistikasini monitoring qilish vositasi (eksperimental).
  • jstatd jstat daemon vositasi(eksperimental).
  • keytool keystore-ni boshqarish uchun vosita
  • pack200 JAR kompressor vositasi.
  • xjc XML Binding (JAXB) API uchun Java API ning bir qismi. U XML sxemasini qabul qiladi va Java klasslarini yaratadi.

Eksperimental vositalar JDK ning kelajakdagi versiyalarida mavjud boʻlmasligi mumkin.

JDK toʻplami, shuningdek, „oddiy“ JRE toʻplamidan ajratilganligi va qoʻshimcha komponentlarga ega boʻlgan, odatda private runtime deb ataladigan toʻliq Java Runtime Environment (JRE) bilan birga keladi. U Java virtual mashinasi va dasturiy muhitida mavjud boʻlgan barcha klass kutubxonalaridan, shuningdek, dasturchilar uchun foydali boʻlgan qoʻshimcha kutubxonalardan, masalan, xalqaro kutubxonalar va IDL kutubxonalaridan iborat.

JDK ning barcha versiyalari Java API ning deyarli barcha komponentlaridan foydalanadigan dasturlarning keng qamrovini oʻz ichiga oladi.

Remove ads

Boshqa JDKlar

Ushbu maqolada muhokama qilingan eng keng tarqalgan JDK-dan tashqari, turli platformalar uchun boshqa JDK-lar mavjud boʻlib, ularning baʼzilari Sun JDK manbasidan ishlab chiqilgan, baʼzilari esa yoʻq. Hammasi asosiy Java spetsifikatsiyalariga amal qiladi, lekin koʻpincha kompilyatsiya strategiyalari va optimallashtirish metodlari kabi sohalarda bir-biridan farqlanadi. Ularga quyidagilar kiradi:

Ishlab chiqilgan yoki texnik xizmat qoʻllab-quvvatlash rejimida:

Qoʻllab-quvvatlanmaydigan yoki toʻxtatilgan:

Remove ads

Yana qarang.mw-parser-output .portalbox{padding:0;margin:0.5em 0;display:table;box-sizing:border-box;max-width:175px;list-style:none}.mw-parser-output .portalborder{border:solid var(--border-color-base,#a2a9b1)1px;padding:0.1em;background:var(--background-color-neutral-subtle,#f8f9fa)}.mw-parser-output .portalbox-entry{display:table-row;font-size:85%;line-height:110%;height:1.9em;font-style:italic;font-weight:bold}.mw-parser-output .portalbox-image{display:table-cell;padding:0.2em;vertical-align:middle;text-align:center}.mw-parser-output .portalbox-link{display:table-cell;padding:0.2em 0.2em 0.2em 0.3em;vertical-align:middle}@media(min-width:720px){.mw-parser-output .portalleft{clear:left;float:left;margin:0.5em 1em 0.5em 0}.mw-parser-output .portalright{clear:right;float:right;margin:0.5em 0 0.5em 1em}}

  • Classpath
  • Java platformasi
  • Java versiyasi tarixi

Manbalar

Havolalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads