Jean-Baptiste Lully

From Wikipedia, the free encyclopedia

Jean-Baptiste Lully
Remove ads

Jean-Baptiste Lull (asl ismi: Jovanni Battista Lulli; 1632. 28.11, Florensiya – 1687.23.3, Parij) – fransuz kompozitori, musiqiy klassitizim uslubining yirik namoyandasi. 14 yoshidan Parijda yashab, musiqadan saboq olgan. 1653-yildan Lyudovik XIV saroyida kompozitor, 1672-yildan Parijdagi „Qirol musiqa akademiyasi「 (keyinchalik „Grand opera「 teatri)ning rahbari. „Lirik tragediya「 janrini yaratib, milliy opera hamda „fransuz uvertyurasi「ga asos solgan. Asarlari musiqiy mavzular yorqinligi va ifodaviyligi, kompozitsion mukammalligi, garmoniya va ritmik vositalarining ravshanligi, koʻtarinki ruhda yaratilgan vokal kuylarning maʼnodorligi bilan ajralib turadi. Antik mavzularga asoslangan opera („Kadm va Germioka「, „Alsesta「, „Tezey「, „Persey「, Armida" va boshqa, 1673 – 86), operabaletlar („Sevgining gʻalabasi「, 1681; „Tinchlik dargohi「, 1685 va boshqalar), divertisment, cholgʻu kuy, ariya, qoʻshiqlar, liniy musiqa asarlari muallifi[2].

Qisqa faktlar Jan-Batist Lulli, Tavalludi ...


Remove ads

Manbalar

Tashqi havolalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads