Jeff Bezos

From Wikipedia, the free encyclopedia

Jeff Bezos
Remove ads

Jeffrey Preston Bezos (talaffuzi: Jeffri Preston Bezos; 1964-yil 12-yanvarda tugʻilgan)[1] amerikalik ishbilarmon, mediamagnat, kompyuter muhandisi va investordir[2][3]. Bezos 1994-yilda hozirda jahonning eng yirik internet-kompaniyalaridan biri boʻlmish Amazonga asos solgan va bugungi kunda uning ijrochi raisidir. 2022-yilning oktyabri holatiga koʻra, Bezos $139 milliardlik boyligi bilan dunyodagi uchinchi eng badavlat inson hisoblanadi[4][5].

Qisqa faktlar Tavalludi, Fuqaroligi ...

Bezos AQShning Albukerke shahrida tugʻilgan. Bolaligi Hyuston va Mayami shaharlarida oʻtgan. 1986-yilda Princeton universitetini tugatgan. 1994-yilning oxirlarida Amazon kompaniyasiga asos solgan. Kompaniya avvalboshda onlayn kitob doʻkoni sifatida ish boshlagan. Hozirgi kunda esa jahondagi eng yirik onlayn savdolar bilan shugʻullanuvchi kompaniyaga aylangan. Bezos 2000-yilda Blue Origin nomli aerokosmik kompaniyaga asos solgan. 2013-yilda AQShdagi nufuzli gazetalardan biri sanalgan The Washington Postni $250 million evaziga sotib olgan. 2021-yilning sentyabrida Mail.ru asoschisi Yuriy Milner bilan birgalikda Altos Labs nomli biotexnologik kompaniyaga asos solgan[6].

2021-yilda Bezos „Amazon“ kompaniyasi ishchilari birlashishi va kasaba uyushmasi tuzishiga qarshi ekanini bildirdi[7].

Remove ads

Manbalar

Havolalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads