Jenna Ushkowitz
From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Jenna Noelle Ushkowitz (talaffuzi: Jenna Noel Ashkovits, koreyscha: 제나 우슈코비츠, 28-aprel 1986-yil, Seul, Koreya) — amerikalik aktrisa, qoʻshiqchi va yozuvchi.
Hayoti
Ushkowitz Seulda tugʻilgan. Jenna uch oylik chaqaloqligida kelib chiqishi polyak-italyan va irland-inglizlarga mansub boʻlgan amerikaliklar tomonidan farzand qilib asrab olingan[1][2]. Jenna Nyu-York shtatining East Meadowida oʻsib ulgʻaygan. Jenna katolik eʼtiqodida tarbiyalangan. Ushkowitz familiyasini polyak-yahudiy boʻlgan bobosining nomidan (ota tomonda) dan olgan[3][4]. Jenna Parkway boshlangʻich maktabi, Holy Trinity Diocesan oʻrta maktabi, Hicksvilledagi katolik maktabida oʻqigan[5][6].
Jenna oʻz faoliyatini uch yoshida „Sesame Street「 koʻrsatuvida ishtirok etishdan boshlagan. Jenna teatrdagi faoliyati davomida „Les Misérables「, „The King and I「, „The Laramie Project「 va „Spring Awakening「 kabi spektakllarda rol ijro etgan[7]. Aktrisa „Xor「 (2009—2015) nomli mashhur musiqiy teleserialda Tina Koen-Chang rolini ijro etishi unga katta mashhurlikni olib keldi[8]. 2019-yilda „Xor「 serialidagi hamkasbi Kevin McHale bilan birgalikda PodcastOne platformasida „Showmance「 nomli podkastni olib borishni boshlagan[9][10].
Jenna „The Vampire Diaries「 teleserialida rol oʻynagan aktyro Michael Trevino bilan ishqiy munosabatda boʻlgan, biroq 2014-yilning may oyida juftlikning munosabatlari yakun topgan. 2021-yil iyul oyida Jenna David Stanley bilan nikodan oʻtdi[11].
Remove ads
Aktivizm
„Kindred Foundation「dagi faoliyatidan tashqari, Jenna boshqa koʻplab jamoat ishlarida faol. 2012-yilda „Xor「 serialidagi hamkasbi Kevin McHale bilan birgalikda NoH8 kampaniyasida qatnashib, Kaliforniyada bir jinsli nikohlarni taqiqlaydigan „Proposition 8「ni bekor qilishni qoʻllab-quvvatlagan[12]. Jenna, shuningdek, hayvonlar huquqlarini himoya qiluvchi „NYCLASS「 va okeanlarni asrash uchun kurashayotgan „Oceana「 tashkilotlari bilan hamkorlik qilgan. Baliqlarning haddan tashqari ovlanishi haqidagi boxabarlikni oshirish va ularning yashab qolishiga taʼsir koʻrsatish uchun 2015-yil yozida Jenna „Oceana「 bilan birgalikda Normandiya orollariga sayohat qilgan. Oʻsha yili Jenna „Nautica Oceana Beach House 2015「 tadbirini oʻtkazdi[13]. Shuningdek, Jenna Kaliforniyadagi dengiz arslonlari sonining kamayib borayotganligi haqidagi xabardorlikni oshirishga harakat qilgan, chunki bu holat ham xuddi baliqlarning haddan tashqari ovlash kabi yuz bergandi[14][15].
Remove ads
Manbalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads