Jin Yujia
badmintonchi From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Jin Yujia (xitoycha: 金羽佳; 1997-yil 6-fevralda tugʻilgan) — singapurlik ayol badmintonchi[1]. U Singapur milliy terma jamoasida doimiy badminton oʻyinchisi sifatida ham xalqaro turnirlarda qatnashadi.
Remove ads
Yoshligi
Xanchjou shahrida tugʻilgan Jin Singapurga 2008-yilning boshida, 10 yoshida talaba boʻlish niyyatida kelgan edi, u bu paytda sportchi boʻlishni xayoliga ham keltirmagan. Jin Bedokdagi Yu Neng boshlangʻich maktabida oʻqigan va Tanah Merahdagi Anglican oʻrta maktabida O darajasi imtihonlarini tamomlagan[2].
Biroq, uning onasi Yang Nianhong badminton boʻyicha sobiq Xitoy milliy jamoasi oʻyinchisi boʻlganligi sababli, Jinni badminton sporti bilan dam olish uchun shugʻullanishga odatlantirgan edi. Oxir-oqibat, Jin badminton bilan jiddiy mashgʻulotlar olib borib, keyinroq yaxshi oʻyinlar ham koʻrsata boshladi. Shunday qilib, uning oʻyinlari Singapur terma jamoasiga doimiy oʻyinchi sifatida qoʻshilishiga turtki boʻldi.
Remove ads
Faoliyati
2016-yilning noyabr oyida Jin Yujia Indoneziya badminton xalqaro musobaqasining ayollar juftlik bahslarida Putri Sari Devid Sitra bilan hamkorlik qilib, yarim finalda 0:2 hisobida (4-21, 13-21) Malayziyaga yutqazdi. Lin Yunru/Ye Zhengwen juftligi bilan birga eng yaxshi oʻyinchi nomiga ega boʻlib, Jin Yujia Hindistonning Haydarobod shahrida boʻlib oʻtgan 2017-yil Hindiston xalqaro seriyasidagi turnirda oʻzining birinchi katta xalqaro gʻalabasini qoʻlga kiritdi[3]. 2018-yilgi Mangoliya xalqaro musobaqasida u aralash va ayollar juftlik bahslarida qoʻsh sovringa sazovor boʻldi[4].
2022-yilgi Hamdoʻstlik oʻyinlari
2022-yilgi Hamdoʻstlik oʻyinlarida Jin bronza medalini qoʻlga kiritdi; shuningdek, Singapur jamoasi Angliyani 3:0 hisobida magʻlub etib, aralash jamoaviy musobaqada bronza medallariga sazovoz boʻldi[5].
Remove ads
Yutuqlari
BWF xalqaro musobaqalari/seriyalari (4 ta gʻalaba, 3 ta ikkinchi oʻrin)
Ayollar juftligi
Aralash juftliklar
- BWF xalqaro musobaqa turnirlari
- BWF xalqaro seriya turnirlari
Manbalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads