Joe Willock
Britaniyalik futbolchi From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Joseph George Willock (talaffuzi: Jozef Jorj Uillok) (1999-yil 20-avgustda tugʻilgan) — ingliz professional futbolchisi. Willock Angliya Premer-ligasining „Newcastle United“ klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Remove ads
Faoliyati
„Arsenal“ klubining yoshlar jamoasida tarbiyalangan Willock toʻrt yarim yoshida „Arsenal“ klubining yoshlar jamoasiga qoʻshilgan[5]. Willock 2017-yilning 20-sentyabrida EFL kubugi doirasidagi „Doncaster Rovers“ klubiga qarshi kechgan uchrashuvda klub uchun asosiy tarkibda maydonga tushgan[6].
Arsenal
Willock Angliya Premer-ligasidagi oʻyinini 2018-yilning 15-aprelida „Newcastle United“ klubiga qarshi uchrashuvda oʻtkazdi[7]. Willock 2018-yilning 29-noyabrida UEFA Yevropa Ligasi doirasidagi „Vorskla Poltava“ klubi bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda oʻzining birinchi golini kiritdi. Uchrashuv 3:0 hisobida „Arsenal“ klubining gʻalabasi bilan yakunlangan[8].
2019-yilning 12-sentabrida Willock „Arsenal“ klubi bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolaganini eʼlon qildi[9][10]. 2020-yil 25-iyun kuni Willock Angliya Premer-ligasidagi ilk golini „Southampton“ klubiga qarshi oʻyinda (2:0) kiritdi[11].
Newcastle United
2021-yilning 1-fevralida Willock 2020—2021-yilgi mavsumning qolgan qismida ijara asosida „Newcastle United“ klubiga oʻtdi[12]. 6-fevral kuni Willock „Sautgempton“ ustidan 3:2 hisobida gʻalaba qozongan debyut uchrashuvida 16-daqiqada gol urdi[13]. „Tottenham“, „West Ham United“ va "Liverpool" klublariga qarshi oʻyinlarda Willock zaxiradan maydonga tushib, ketma-ket uchta gol urganidan soʻng[14][15][16], Willock „Leicester City“ klubiga qarshi oʻyinda boshlangʻich tarkibda maydonga tushirildi. Bu uchrashuvda Willock yana bir bor raqib darvozasini ishgʻol qildi[17]. 14-may kuni Willock „Manchester City“ klubiga qarshi oʻyinda ham (4:3) gol urdi[18]. 19-may kuni Willock ketma-ket oltinchi liga oʻyinida gol urdi va 21 yoshu 272 kunligida Premer-liga tarixidagi eng yosh futbolchiga aylandi, bu rekord Romelu Lukakuga tegishli edi[19]. Toʻrt kundan soʻng, Premer-liga mavsumining soʻnggi kunida Willock yana gol urib, Alan Shearer tomonidan oʻrnatilgan ketma-ket oʻyinlarda gol urish boʻyicha klub rekordini yangiladi[20].
2021-yil 13-avgustda „Newcastle United“ klubi Willock bilan olti yillik shartnoma imzolaganini tasdiqladi[21]. Shartnoma doirasidagi toʻlov miqdori 25 million funt sterling ekani xabar qilingan[22].
Remove ads
Shaxsiy hayoti
Willock Londonning Waltham Forest shahrida tugʻilgan[23]. Willockning akalari Chris Willock va Matty Willock ham futbolchi hisoblanishadi.
Faoliyat statistikasi
Manbalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads