Kofirun surasi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Kofirun surasi (arabcha: سورة الكافرون, nomining maʼnosi — Kofirlar[8][9]) — Qurʼonning 109-surasi. Makkiy suralardan biri, 6 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 603[10]-sahifasida va 30-juzida joylashgan. 18-boʻlib nozil boʻlgan.
Remove ads
Asosiy maʼnosi
Bu surada Islom dini kuchayib, tarqalib ketayotganini koʻrib, xavotirga tushib qolgan kofirlar paygʻambar alayhissalomni ham, sahobalarni ham bu toʻgʻri yoʻldan chalgʻitish gʻarazida u kishining oldilariga kelib: "Ey Muhammad, kel, bizlar sening Xudoyingni tan olib, Unga ham ibodat qilaylik, sen ham oʻz Xudoyingga qoʻshib, bizlarning butlarimizga ham sigʻingin", -deyishganida nozil boʻlgandir. Bu suradan koʻzda tutilgan maqsad — Paygʻambar alayhissalomni ham, u zotning to Qiyomatgacha keladigan barcha ummatlarini ham kofirlarning bunday nayranglariga uchmaslikka va yolgʻiz Alloh taologagina ibodat qilishga daʼvat etishdir.
Remove ads
Tarjimasi
Alouddin Mansur tarjimasi
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
- (Ey Muhammad,) ayting: "Ey kofirlar!
- Men sizlar ibodat qilayotgan narsalarga ibodat qilmasman.
- Va sizlar ham men ibodat qiladigan (Alloh)ga ibodat qilguvchi emasdirsizlar.
- Men sizlar ibodat qilgan narsaga ibodat qilguvchi emasman.
- Va sizlar ham men ibodat qiladigan (Alloh)ga ibodat qilguvchi emasdirsizlar.
- Sizlarning diningiz oʻzlaringiz uchun, mening dinim oʻzim uchundir!"
Abdulaziz Mansur tarjimasi
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
- (Ey, Muhammad,) ayting: "Ey, kofirlar!
- Men sizlar ibodat qilayotgan narsaga ibodat qilmasman.
- Sizlar ham men ibodat qiladigan (Alloh)ga ibodat qiluvchi emassizlar.
- Men sizlar ibodat qilgan narsaga ibodat qiluvchi emasman.
- Sizlar ham men ibodat qiladigan (Alloh)ga ibodat qiluvchi emassizlar.
- Sizlarning diningiz sizlar uchun, mening dinim men uchundir".[11]
Remove ads
Manbalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads