MSN
veb-portal From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
MSN (Microsoft Network) – Microsoft kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan va 1995-yil 24-avgustda ish boshlagan yirik internet-provayder va veb-portal (ochilish sanasi Windows 95 chiqarilgan sana bilan bir xil). „MSN“ nomi keyinchalik Hotmail elektron pochta xizmatiga, MSN Messenger tezkor xabarlar xizmatining mijoziga, shuningdek, Microsoft tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan bir qator veb-uzellarga tarqalgan.
2002-yil, rivojlanish choʻqqisida MSN dial-up xizmati 26,5 million mijozga ega AOL LLC dan keyin 9 million obunachi bilan AQShdagi ikkinchi yirik internet-provayderiga aylangan[1]. MSN.com Yahoo! va Googledan keyin Internetda eng koʻp tashrif buyuriladigan saytlardan biri boʻlgan[2]. Shuningdek, Outlook Express va Microsoft Office Outlook 10 va undan past versiyalarida MSN.com elektron pochta hisobini roʻyxatdan oʻtkazishda barcha havolalar bilan tabrik xati kelgan.
Saytning joriy versiyasi 2014-yilda toʻliq qayta ishlab chiqilganidan soʻng taqdim etilgan.
Remove ads
Manbalar
Havolalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads
