Mamuka Gongadze
From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Mamuka Tamazovich Gongadze (gruzincha: მამუკა თამაზის ძე ღონღაძე; 1985-yil 25-noyabr, Tsqaltubo) — gruzin futbolchisi, hujumchi.
Mamuka Gongadze 17 yoshida mahalliy „Samgurali「 klubida futbol oʻynay boshlagan va shu vaqt ichida u Gruziya va Oʻzbekistonning bir qancha klublarida oʻynashga muvaffaq boʻlgan[1].
2010-yilning avgust oyida Latviyaning „Daugava「 Daugavpils klubiga oʻtdi[2]. 2003-2004-yillarda Samgurali jamoasida 27 marta maydonga tushib 7 ta gol urgan. 2005-2007-yillarda Torpedo (Kutaisi) jamoasida 42 marta maydonga tushib 6 ta gol urgan. 2007-yilda Mesxeti klubida 9 marta maydonga tushib 1 ta gol urgan. 2008-yili Spartak-Sxinvali jamoasida 23 marta maydonga tushib 3 ta gol urgan. 2009-yilda Mashʼal jamoasida 12 marta maydonga tushib 1 ta darvozaga gol urgan. 2009-2010-yillarda Samgurali klubida 8 marta maydonga tushib 8 ta gol muallifiga aylangan. 2010-2013-yillarda Daugava (Daugavpils) jamoasida 88 marta maydonga tushib 46 marta raqiblar darvozasin ishgʻol qilgan. 2013-yilda DYUSSH Liukste jamoasida 9 marta maydonga tushib 2 marta gol urgan. 2014-yilgi Torpedo (Kutaisi) jamoasida 8 marta maydonga tushib 4 ta gol muallifiga aylangan. 2015-yili Kolxeti jamoasida 2 marta maydonga tushib biror marta ham gol ura olmadi. 2017-yilgi Borjomi jamoasiga oʻtdi va u jamoadagi maʼlumotlar aniq emas. 2018-yildan beri oʻzining birinchi jamoasi Samguraliga qaytdi va hozirda ham shu jamoada toʻp surmoqda.
Remove ads
Yutuqlar
- Latviya chempioni: 2012-yil.
- Latviya chempionatining bronza medali sovrindori: 2011, 2013.
- Oliy liga qishki kubogi gʻolibi: 2013-yil .
- Latviya chempionatining eng yaxshi toʻpurari: 2012-yil.
Manbalar
Havolalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads