Marko Blajich
Serb futbolchi From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Marko Blajich (Serbiya kirillchasi: Марко Блажић) – Serbiyalik futbolchi. 1985-yilning 2-avgust kuni Yugoslaviyaning Mladenovats shahrida tugʻilgan. Ampluasi yarim himoyachi. Hozirgi paytda Qozogʻistonning „Atirau“ klubi aʼzosi.
Remove ads
Faoliyati
Marko Blajich karyerasini ona shahrining „Mladenovats“ klubida boshladi. Keyinroq „Polyot“ va „Chukarichki“ klublarida oʻynadi. 2008-yilda Serbiyaning eng mashhur klublaridan boʻlmish „Srvena Zvezda“ bilan shartnoma imzoladi va 2010-yilgacha ushbu klubda 35 ta oʻyin oʻtkazib 4 ta golga mualliflik qildi. 2011-yilda Blajichning xalqaro klublardagi karyerasi boshlandi va u Slovakiyaning „Rujomberok“ safiga koʻchib oʻtdi. Oʻsha yili esa Rossiyaning „Amkar“ klubi bilan shartnoma imzoladi va ikki yil mobaynida ushbu klub safida 26 ta oʻyin oʻtkazib 1 ta gol urdi. 2013-yilda Marko Blajich Oʻzbekistonga koʻchib oʻtdi va Toshkentning „Bunyodkor“ klubi safiga qoʻshildi. „Bunyodkor“ safida Osiyo Chempionlar Ligasi, Oʻzbekiston Kubogi va Oliy Ligada 10 ta oʻyin oʻtkazib 1 ta golga mualliflik qildi. 2014-yilning fevral oyida esa Qozogʻistonning „Atirau“ klubi bilan shartnoma imzoladi.
Remove ads
Manbalar
Havolalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads