Mazut
From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Mazut (arabcha) - neftdan 350-360° da qaynaydigan yonilgilar (benzin, ligroin, kerosin, dizel yonilgʻisi) ajratib olingandan soʻng qoladigan qora yopishqoq suyuqlik. Tarkibiga koʻra, uglevodlar (molyar massasi 400—1000), neft smolalari (molyar masssasi 500—3000), asfaltenlar, karbenlar, karboidlar va tarkibida metallar (V, Ni, Fe, Mg, Na, Ca) tutgan organik birikmalar aralashmasi. M.ning fizikkimyoviy xossalari boshlangʻich neftning tarkibi va distillyat fraksiyalarining haydalish darajasiga bogʻliq. Zichligi 890–1000 kg/mh qotish temperaturasi 10—40°, oltingu-gurt miqdori 0,5—3,5%, 0,3% gacha kul boʻladi. Surkov moyi va yonilgi M.ga boʻlinadi. Surkov moyi M.i oʻz holida yoki boshqa neft mahsulotlari bilan aralashtirib, yonilgi M. esa bug qozonlarida va dvigatellarda ishlatiladi. M.ning koʻp qismi kreking, kokslash yoʻli bilan yengil yonilgilar (motor yonilgisi) olish va bitum ishlab chiqarishga sarflanadi[1].
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Remove ads
Manbalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads