Milan Spremo

Serb futbolchi From Wikipedia, the free encyclopedia

Remove ads

Milan Spremo (serbcha: Милан Спремо; 1995-yil 27-aprel, Novi Sad, Serbiya va Chernogoriya) — serbiyalik futbolchi, yarim himoyachi.

Qisqa faktlar Tugʻilgan vaqti, Fuqaroligi ...
Remove ads

Futbolchilik faoliyati

Milan Novi Sad shahrining „Voyvodina「 jamoasi safia bir necgta yosh toifasida muvaffaqiyatli harakat qildi. Keyinchalik asosiy jamoa tarkibida 2014-yilgi mavsumda debyutini oʻtkazdi[1]. Spremo Serbiya yoshlar ligasi kubogini qoʻlga kiritgan jamoaning bir qismi edi.  Maʼlum davrda u Petrovac na Mlava shahrining „Sloga「 klubiga ijara shartnomasi asosida oʻtdi va 2013/14-yilgi mavsumning dastlabki qismini Serbiya birinchi ligasida, shu jamoa tarkibida oʻtkazdi. Shuningdek, u Novi Saddan jamoasidan soʻng Proleter klubida ham bir yilni ijarada oʻtkazdi. Voyvodina jamoasidan keyin Spremo faoliyatini Sloveniyaning Selje shahrida davom ettirdi.  2016-yilgi mavsumda Serbiyaga qaytganidan soʻng, u Javor jamoasi tarkibida oʻynadi keyinchalik mavsumning qolgan qismini Voyvodina klubida oʻtkazdi.  2017-yilning avgustida u „Backa Palanka「 klubi bilan shartnoma imzoladi.  Mavsumning qolgan qismini oʻsha yerda oʻtkazdi. 2018-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Superligasining „Qoʻqon 1912「 klubiga yoʻl oldi[2]. Qoʻqon jamoasida raqobat kuchli boʻlganligi sababli mavsumning ikkinchi qimsida OFK Bačka jamoasi bilan shartnoma imzoladi. 2019-yil iyul oyi oʻrtalarida u Krushevacdan „Napredek「 ga oʻtdi.  Shartnomadagi majburiyat tugagach, 2021/22-yilgi mavsum yakunida u erkin agent sifatida klubni tark etdi[3].  2022-yil iyun oyida u Banya Luka Borc uchun futbolchiga aylandi.

Remove ads

Milliy terma jamoa

Spremo Serbiyaning bir necha yosh toifasidagi jamoalarida toʻp surgan. Murabbiy Velko Paunovich uni 2015-yil davomida yoshlar terma jamoasi oʻrtoqlik oʻyinlariga taklif qildi, ammo u U-20 yoshlar oʻrtasida Yangi Zelandiyadagi Jahon chempionatidaa ishtirok etadigan futbolchilar roʻyxatidan tashqarida qoldi.

Yutuqlar

Voyvodina
  • Serbiya kubogi  : 2013/14[4].

Manbalar

Havolalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads