Monreal
From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Monreal (fransuzcha: Montréal) — Kanadaning jan.sharqiy qismidagi shahar. Sanlavrentiy daryosi boʻyida, Kvebek provinsiyasidagi joylashgan eng yirik shahar boʻlib, kattaligi boʻyicha Torontodan keyin ikkinchi yirik shahar hisoblanadi. Shahar dastlab Ville-Mari (Mariya shahri) deb nomlangan. Monreal nomi shaharning markazida joylashgan Mont-Royal (Qirollik togʻi) togʻining nomidan kelib chiqqan boʻlib, Monreal shakli ilk koʻchmanchi xalqlardan baʼzilari soʻzlashuvchi Oksitan tili taʼsiri ostida paydo boʻlgan.
Remove ads
Tarixi
Shaharga 1642-yilda indeyslarning Xochelaga qishlogʻi oʻrnida fransuzlar tomonidan faktoriya va fort (qalʼa) sifatida asos solingan. 18-asrning 1-yarmida muhim savdo markazi boʻlgan. 1760-yilda inglizlar bosib olgan. 1844—49 yillarda Kanada ingliz mustamlakasi poytaxti boʻlgan.
Transport
Aeroportlari xalqaro ahamiyatga ega. Transport yoʻllarining yirik tuguni; dengiz kemalari kira oladigan yirik port (yiliga 15 mln. t yuk ortib-tushiriladi), asosan, don eksporti uchun moʻljallangan.
Aholi
Shahar aholisi 1 942 694 kishini[1] tashkil qiladi.
Jugʻrofiyasi

Monreal Kvebek provinsiyasining janubi-gʻarbiy qismida joylashgan. Shahar Lorens va Ottava daryolarining qoʻshilish qismida joylashgan Monreal orolining katta qismini egallaydi. Monreal porti Buyuk koʻllardan to Atlantikaga qadar choʻzilgan Avliyo Lavrentiy dengiz yoʻlining bir chetida joylashgan[2] .
Monreal janubda Avliyo Lavrentiy va shimolida River de Preri daryolari oraligʻida joylashgan. Shahar orolning eng koʻzga koʻringan jugʻrofiy ob’yekti, dengiz sathidan 232 m balandlikda joylashgan Mount Royal deb nomlangan uch choʻqqili tepalik sharafiga Monreal deb nomlangan.
Monreal shahri Monreal poytaxt hamjamiyatining markazida joylashgan hamda shimolda Laval shahri bilan, janubda Longey, Sen-Lamber, Brossar va boshqa munitsipalitetlar bilan, sharqda Repdntini va gʻarbda Gʻarbiy orol munitsipalitetlari bilan chegaradosh[3].
Iqlimi
Monreal issiq-yozga ega nam kontinental iqlim sifatida tasniflanadi (Köppen iqlim tasnifi boʻyicha: Dfb)[4][5] Yoz iliqdan issiq va nam holatgacha kechadi, kunlik maksimal oʻrtacha harorat iyulda 26-27 °C (79-81 °F) boʻladi, baʼzan esa 30 °C (86 °F) dan yuqori haroratlar kuzatiladi. Va aksincha, sovuq oqimlar yozning boshida va keyingi qismlarida tiniq, quruq va shamolli ob-havo hosil qilishi ham mumkin.
Remove ads
Sanoat
Monreal mamlakataing yirik savdomoliya va sanoat markazlaridan. Mashinasozlik (umumiy, samolyotsozlik, kemasozlik, vagonsozlik va boshqalar), metallsozlik, neftni qayta ishlash va kimyo sanoatlari rivojlangan. Rangli metallurgiya, mebel, koʻn-poyabzal, toʻqimachilik, tikuvchilik, poligrafiya va oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud.
Taʼlim
Shaharda 3 universitet, konservatoriya, kutubxonalar, nafis sanʼat muzeyi, metropoliten bor.
Meʼmorchilik
17—18-asrlarda qurilgan meʼmoriy bi-nolardan cherkov, Ramze saroyi va boshqa saqlangan. M.da 1967-yilda Xalqaro koʻrgazma boʻlib oʻtgan.
Sport
1976-yilda 11-Olimpiada boʻlib oʻtgan.[12]
Manbalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads
