Murod Rajabov
Oʻzbek kino va teatr aktyori va rejissyori From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Murod Yodgorovich Rajabov (1949-yil 30-may, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR — 8-aprel 2023-yil, Toshkent, Oʻzbekiston) — oʻzbek aktyori va rejissyori[1][2]. Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti (2008-yil).
Remove ads
Biografiyasi
Murod Rajabov 1949-yilning 30-mart kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. Aktyorlik mahorati sababli Oʻzbek kinosining „Temir erkagi“ deb eʼtirof etiladi. 1971-yilda A. N. Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik institutining aktyorlik fakultetini tamomlagan. „Yosh gvardiya“ o‘zbek drama teatrida faoliyat olib borgan. Kino olamiga 1973-yili suratga olingan „Olovli sohil“ filmida yaratgan kichik epizodi orqali kirib kelgan. 2008-yilda O‘zbekiston xalq artisti unvoni berilgan[3]. Murod Rajabov 2023-yil 8-aprel kuni 73 yoshida vafot etdi[4].
Remove ads
Mukofotlari
Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti (2008-yil 25-avgust) — Vatan mustaqilligini mustahkamlash, mamlakatning xalqaro nufuzini oshirish, xalq madaniyati va maʼnaviyatini yuksaltirishga qo‘shgan salmoqli hissasi, yorqin isteʼdodi, serqirra ijodi, ilmiy faoliyati fan, taʼlim, adabiyot, madaniyat, sanʼat, sog‘liqni saqlash, sport va boshqa ijtimoiy sohalarda ko‘p yillik halol mehnati, jamiyat hayotidagi faol ishtiroki uchun.
“Inson qadrini ulug‘lash, ajdodlar xotirasini e’zozlash, ularning ibratli ishlarini keng targ‘ib etish borasidagi ezgu sa’y-harakatlarimizni yanada kuchaytirish maqsadida o‘zining ko‘p yillik samarali ilmiy-ijodiy, ijtimoiy faoliyati, yorqin va betakror iste’dodi bilan xalqimizning intellektual salohiyatini yuksaltirish, milliy ma’naviyatimizni boyitish, mamlakatimizda ilm-fan, adabiyot, madaniyat va san’at sohalarini rivojlantirish, jamiyatimizda ezgulik va adolat, vatanparvarlik va bag‘rikenglik tamoyillarini mustahkamlash yo‘lida fidokorona xizmat qilib, avlodlarga qoldirgan boy merosi, sermazmun hayoti va insoniy fazilatlari bilan el-yurt xotirasidan chuqur joy egallagan”i uchun marhum aktyor Murod Rajabov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Farmoni bilan “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi[5].
Remove ads
Oilasi
Qiziqarli faktlar
Murod Rajabov va Saida Rametova „Sarvinoz“ va „Super kelinchak“, „Chapani oshiq“, „Qora tanli bojalar“, „Superqaynona“, „Qudamni ko‘rmadingizmi“ oʻzbek filmlarida bir necha bor er-xotin rolini ijro etgan.
Filmografiya
Ishlab chiqaruvchi
2000-yil — Pari momo
2005-yil — Ulfatlar
2008-yil — Ulfatlar 2
2014-yil — Ulfatlar 3
Remove ads
Manbalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads