Mustaqillik maydoni (metro bekati)

Toshkent metropoliteni Chilonzor yoʻli bekati From Wikipedia, the free encyclopedia

Mustaqillik maydoni (metro bekati)
Remove ads

Mustaqillik maydoni – Toshkent metropolitenining Chilonzor yoʻli bekatlaridan biri. Paxtakor va Amir Temur xiyoboni bekatlari orasida joylashgan. Toshkent metropolitenining ilk bekatlaridan biri hisoblanadi.1977-yil 6-noyabrda ishga tushgan[1].

Qisqa faktlar Chilonzor yoʻli, Ochilish sanasi ...
Remove ads

Tarixi

1991-yil 1-noyabrgacha „Lenin maydoni“ deb nomlangan.

Koʻrinishi

„Mustaqillik maydoni“ oʻzbek milliy naqshlari bilan bezatilgan. Vestibyullardagi ustunlar va devorlar marmar plitalari bilan qoplangan. Pastki qismi jilolangan granit plitalari bilan qoplangan.

Stansiyaning oq ustunlari Nurota marmar plitalari bilan qoplangan, devorlari och pushti Gʻozgʻon marmaridan qilingan. Devorning pastki qismi qizil granit bilan bezatilgan.

Pol qismiga milliy uslubdagi qizil va kulrang granitdan sayqallangan naqshli plitalar yotqizilgan.

Gumbazdagi billur qandillar perimetr bo‘ylab shiftga osilgan. Zalning o‘rtasida katta billur qandil joylashgan.

Metro bekati ispan qirollik juftligi – Juan Carlos I va Sofiyaning[en] Toshkentga tashrifi chog‘ida taqdim qilingan[2].

Remove ads

Galereya

Yana qarang

Manbalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads