Namozgoh darvozasi (Buxoro)

From Wikipedia, the free encyclopedia

Remove ads

Namozgoh darvozasi — Buxoro darvozasi.

Qisqa faktlar Muqobil nom(lar)i, Joylashuvi ...
Remove ads

Tarixi

Namozgoh darvozasi „Eydgoh darvozasi“ deb ham nomlanadi. Darvoza iyd namozlari oʻqiladigan paytda xalq yigʻilib, Shamsulmulk Nasr ibn Ibrohim qoraxoniy tomonidan barpo qilingan Namozgoh masjidiga boradigan darvoza hisoblanadi[1]. Namozgoh darvozasi qurilgan yili maʼlum bo‘lmay, Shayboniy hukmdor Abdulazizxon tomonidan 1540—1550-yillarda qayta taʼmirlanadi[2]. Shayboniy hukmdorlar qurilishning oʻziga xos qoidalariga qatʼiy amal qilish, bular — qurilishning puxta oʻrganilgan rejasi, joyning aniq va toʻgʻri tanlanishi, isrofgarchilikka yoʻl qoʻymaslik, shoshma-shosharlik qilmaslik, turli xil inshootlar, shu jumladan, mudofaa devori yonida moʻʼtadil iqlimni yaratuvchi kanallar, ariqlar, bogʻlar, hovuzlarning joylashishiga asosiy eʼtiborni qaratganlar. 1920-yil kuzida shoʻrolar qizil qoʻshinlarining Buxoroga bosqini oqibatida tarixiy darvozlarga ham qattiq zarar yetdi. 1950-yillarda Namozgoh darvozasining tabaqalaridan biri olib tashlangan. Buxoro shahrida avtoulovlar orta boshlagach, ularga xalaqit qilayotgan ikkinchi tabaqa ham sugʻurib olingan va Qorakoʻl zavodi hovlisiga olib borib tashlangan.


Remove ads

Meʼmorchiligi

Namozgoh darvozasi juda chiroyli koshinlar мф mayolika, terakot ishlatilgan va arkalar qilingan bo‘lib, „guldasta“larning usti oltita gultojlar bilan bezatib bunyod etilgan. Darvoza yuqori qismi o‘n ikkita gultojdan iborat va eski qal’aga tenglashtirib bunyod etilgan. Kishilar shahar ichidagi masjidlarga sig‘maganliklari sababli Ibrohim darvozasidan Namozgoh masjidiga yig‘ilganlar. Namozgoh juda gavjum bo‘lgan. Qoraxoniy hukmdor Arslonxon farmoniga binoan Namozgoh atrofi to‘liq tartibga solingan va bog‘lar barpo etilib, pishiq g‘ishtdan minorali devorlar qurilgan. Namozgoh darvozasi balandligi 11 metru 6 sm, kengligi 13,8 metrga teng qilib qurilgan[3]. Darvoza hozirgi kunda saqlanib qolmagan.


Remove ads

Manbalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads