Navozuddin Siddiqiy

From Wikipedia, the free encyclopedia

Navozuddin Siddiqiy
Remove ads

Navozuddin Siddiqiy ([nəˈwaːzʊdːiːn sɪdːiːqi:]; hindcha: नवाजुद्दीन सिद्दीकी, ruscha: Навазуддин Сиддики 1974-yil 19-may) — hind kinosidagi faoliyati bilan tanilgan hind aktyori[1][3]. Milliy drama maktabi bitiruvchisi. Siddiqning badiiy filmdagi debyuti Patang (2012) filmida rejissyor Prashant Bhargava bilan birga qilgan[4]. Siddiq Qora juma (Black Friday 2004), Kahaani (2011), 2012-yilda Vasseypur to'dalari (Gangs of Wasseypur) va Raman Raghav 2.0 (2016) filmlaridagi roli uchun xalqaro eʼtirofga sazovor boʻldi. Aktyor bir nechta mukofotlarni qoʻlga kiritdi, jumladan Milliy kino mukofoti, IIFA mukofoti va ikkita Filmfare mukofoti, shuningdek, Xalqaro Emmi nominatsiyasi sohibidir.

Qisqa faktlar Tavalludi, Fuqaroligi ...

Siddiqiy The Lunchbox (2013), Manto (2018)[5] va Raman Raghav 2.0 filmlaridagi rollari bilan tanilgan[6]. Siddiqiy sakkizta film rasman tanlab olingan va Kann kinofestivalida namoyish etilgan dunyodagi yagona aktyordir[7]. Aktyor suratga olish dasturidan vatani Uttar-Pradeshda dehqonchilik qilish uchun vaqt ajratishda davom etmoqda[8]. Siddiqiy Emmi mukofotiga nomzod boʻlgan ikkita serialda, Muqaddas oʻyinlar (Sacred Games 2019)[9] va Britaniya Makmafiyasi (McMafia) filmida rol ijro etgan.

Remove ads

Yoshligi

Siddiqiy 1974-yil 19-mayda Hindistonning Uttar-Pradesh shtati, Muzaffarnagar tumanidagi kichik shaharcha Budhana shahrida[10] zamindor musulmon Lambardarlar oilasida tug‘ilgan[1][2]. Siddiqiy sakkiz aka-ukaning eng kattasi[11]. Yoshligining koʻp qismini Uttarakxandda oʻtkazgan[12].

Siddiqiy Gurukul Kangri Vishvavidyalaya, Haridvarda kimyo boʻyicha bakalavr darajasini olgan. Shundan so‘ng u yangi ish izlab Dehliga jo‘nab ketishdan oldin bir yil Vadodarada kimyogar bo‘lib ishladi. Bir marta Dehliga kelganida, u spektaklni tomosha qilgandan soʻng aktyorlikka mehri tushadi va Nyu-Dehlidagi Milliy drama maktabiga (NSD) kirishni taʼminlash uchun u qabul mezonlaridan birini bajarish uchun bir guruh doʻstlari bilan, jumladan, Dehradundagi[12] bilan oʻndan ortiq spektaklda rol ijro etadi[1].

Remove ads

Faoliyati

2015-yilda Siddiqiyning Bajrangi Bhaijaan va Manji — Tog‘ odami (Manjhi — The Mountain Man) filmlari va rollari uchun maqtovga sazovor bo‘ldi. Siddiqiy 2012-yilgi Milliy kino mukofotlari[13][14]da hakamlar hay’atining maxsus mukofotini va 2013-yilda eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyor uchun Filmfare mukofotini oldi. Uning 2016-yilda Raman Raghav 2.0 filmidagi ishi unga Ispaniyada Fancine Malaga mukofotini[6] va Osiyo Tinch okeani ekran mukofotlarini[15] eng yaxshi aktyor nominatsiyasida ham qo‘lga kiritdi. 2018-yilda suratga olingan Manto filmi 2018-yilgi Osiyo Tinch okeani ekran mukofotlarida unga „Eng yaxshi erkak roli“ni qo‘lga kiritgan yangi film bo‘ldi[5].

Taniqli yozuvchi Paulo Koelo Twitterdagi izdoshlariga Muqaddas oʻyinlarni (Sacred Games) serialini tavsiya qildi va Navazuddinning ishini maqtab, uni „Buyuk aktyor Navazuddin ishtirokidagi Netflixdagi eng yaxshi seriallardan biri“ deb atadi. 2021-yilda u Amerika-Bangladeshi-Hindiston filmida No Land’s Man filmida ham suratga tushgan[16] 2022-yilda Siddiqui Jogira Sara Ra Ra va Heropanti 2 filmlarida ham suratga tushdi[17][18]. Xuddi shu yili u Avneet Kaur bilan Kangana Ranautning Tiku Weds Sheru filmida ham rol ijro etdi[19].

Remove ads

Shaxsiy hayoti

Siddiqiy Mumbayda rejissyor boʻlgan ukasi Shamas Navab Siddiqiy[20] bilan yashaydi. Siddiqiy Aaliya, aka Anjana Kishor Pandeyga uylangan[21][22][23][24] ularning Shora ismli qizi va aktyorning 41 yoshida tugʻilgan Yaani ismli oʻgʻli bor[25]. 2020-yil 19-may kuni Aaliya The Indian Express nashriga bergan intervyusida Siddiqiy bilan ajrashmoqchi ekanligini aytdi[26][27]. Aktyorlik faoliyatidan tashqari, Siddiki Uttar-Pradeshdagi tugʻilib oʻsgan shahri Budxanada dehqonchilik qilishda davom etmoqda. Uning maqsadi fermerlarni yangi texnikalar bilan taminlash va malumot berishdir. Shuningdek, u Budanada yangi sugʻorish texnikasini joriy qildi, bu esa mahalliy fermerlarga katta yordam boʻldi[28]. 2021-yil may oyi holatiga koʻra, u vaqtining katta qismini Budanada oʻtkazadi, u boʻlajak loyihalar uchun suratga tushmaydi[29].

Filmografiyasi

Filmlari

Batafsil maʼlumot Yil, Sarlavha ...

Web Series

Batafsil maʼlumot Yil, Sarlavha ...
Remove ads

Mukofotlari

Batafsil maʼlumot Yil, Mukofot ...

Film festivali mukofotlari

Batafsil maʼlumot Yil, Festival ...

Boshqa mukofotlari

Batafsil maʼlumot Yil, Mukofot ...
Remove ads

Manbalar

Havolalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads