Nicole Beharie
amerikalik aktrisa From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Nicole Beharie (1985-yil 3-yanvarda tug'ilgan) — amerikalik aktrisa. U 「American Violet」 (2008) dramasi, 「Shame」 (2011) psixologik dramasi, 42 (2013) biografik sport dramtik filmi va 「Miss Juneteenth」 (2020) kabi filmlarda ijro etgan bosh rollari bilan tanilgan. 2013-yildan 2016-yilgacha u Fox telekanalida uzatilgan "Sleepy Hollow" g'ayritabiiy dramatik serialida rol o'ynagan.
Remove ads
Yoshligi
Beharie Florida shtatining West Palm Beach shahrida tug'ilgan[1]. Beharie kichkinaligida otasi Qo'shma Shtatlar Tashqi ishlar xizmatida faoliyat olib borgan. Shuning uchun, qizaloq Buyuk Britaniya, Yamayka, Nigeriya va Panamada shaharlarida o'sib ulg'aygan[2]. U Janubiy Carolina shtatining Orangeburg shahridagi Orangeburg Wilkinson o'rta maktabi, Janubiy Karolina gubernatorining san'at va gumanitar fanlar maktabi[3] hamda Grinvildagi davlat internat maktabida tahsil olgan. Ushbu internat ta'lim dargohini 2003-yilda tamomlagan. Keyinchalik, Beharie Qo'shma Shtatlardagi eng nufuzli sahna san'ati konservatoriyalaridan biri bo'lgan Juilliard maktabiga qabul qilinadi (Drama bo'limi 36-guruh : 2003-07-yillar)[4]. Aktrisa Shakespeare stipendiyasi bilan taqdirlangan va Angliyada malaka oshirgan[5].
Remove ads
Faoliyati
Beharie 2008-yilda "American Violet"[6] filmida o'zining badiiy filmlardagi debyutini amalga oshiradi. Aktrisa ushbu film davomida bosh rolni ijro etadi. Shuningdek, o'sha yili u Amerikaning "The Express: The Ernie Davis Story" sport filmida aktyor Rob Brown bilan birgalikda Sarah Ward rolini o'ynaydi. Beharie Lifetime kanalida uzatilgan filmi "Sins of the Mother" (2010)da[7] onasi Nona (Jill Scott) bilan buzilgan munosabatlarini tiklash uchun sayohatga chiqqan kurashayotgan universitet talabasi Shay Hunter obrazini tasvirlaydi.
2011-yilda Beharie "My Last Day Without You" romantik dramasida nemis aktyori Ken Dukenga qarshi qo'shiqchi sifatida beshta original qo'shiqni ijro etadi. Russell Leigh Sharman o'zining "Apartment 4E" spektakli uchun moslashtirilgan filmida aktrisa Bahirie o'z kvartirasidan hech qachon chiqmaydigan muammoli yosh ayol Piper rolini gavdalantiradi[8][9]. Beharie Steve McQueenning "Shame" filmida Marianna rolini o'ynaydi[10]. The Boston Globedan Wesley Morris uning ijrosini yuqori baholab, uni "tabiiy shaffoflik mo'jizasi", deya ataydi[11].
2020-yilda u "Miss Juneteenth" filmida rol o'ynaydi. Aktrisa ushbu kartinada tanlovning sobiq g'olibi o'smir qizini o'zining sobiq tojini egallashga tayyorlayotgani haqidagi obrazni gavdalantriadi[12].
Remove ads
Shaxsiy hayoti
2015-yilda Beharie Allure jurnalining may soni uchun yalang'och suratga tushadi[13].
Filmografiyasi
Filmlarda
Televizion rollari
Remove ads
Teatr sahnalarida
Soundtracklari
Mukofotlar va nominatsiyalar
Remove ads
Manbalar
Havolalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads
