Nikoloz Mali
From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Nikoloz Mali (gruzincha: ნიკოლოზ მალი; 1999-yil 27-yanvarda tugʻilgan) – gruziyalik professional futbolchi, Erovnuli Liga ishtirokchisi Dinamo Batumi va Gruziya terma jamoasi tarkibida qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi[1]
Nikoloz ikki bor Gruziya Oliy dvizioni chempioni boʻlgan.
Remove ads
Futbolchilik faoliyati
Saburtalo akademiyasining tarbiyalanuvchisi hisoblanadigan Mali, ushbu klub tarkibida yetti mavsum davomida oʻynagan. 2017-yil 29-aprelda Shukuraga jamoasiga qarshi 5:0 hisobidagi gʻalabada oʻzining oliy ligadagi ilk golini urgan. 2018—2021-yillar oraligʻida u Saburtalo bilan uchta ichki sovrinlarni qoʻlga kiritgan va bir marta mavsum ramziy terma jamoasiga kiritilish orqali shaxsiy eʼtirofga sazovor boʻlgan[2].
2022-yil fevral oyi boshida Mali Tbilisining „Dinamo“ klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan[3]. Bu davrda u yana bir liga chempionligi va Superkubok gʻolibligini qoʻlga kiritgan.
2024-yilgi mavsum boshlanishidan oldin Mali amaldagi chempion Batumining „Dinamo“ jamoasiga oʻtgan[4].
Mali Gruziya terma jamoasi safidagi ilk oʻyinini 2020-yil 8-sentyabrda UEFA Millatlar ligasi turnirining Shimoliy Makedoniyaga qarshi uchrashuvida oʻtkazgan[5].
Remove ads
Faoliyat statistikasi
Xalqaro
- 2020-yil 8-sentyabr [5]
Yutuqlar
Klub
- Erovnuli Liga gʻolibi (2)
- 2018,2022
- Gruziya kubogi sohibi (2)
- 2019, 2021
- Gruziya Superkubogi gʻolibi (2)
- 2020, 2023
Shahsiy sovrinlar
- Mavsumning eng yaxshi jamoasiga aʼzosi (1)
- 2019
Manbalar
Havolalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads